Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari shtabi bo‘yicha O‘FF bayonoti

O‘zbekiston terma jamoasi murabbiylari shtabi bo‘yicha O‘FF bayonoti

Baho:
+ | -2

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi jahon chempionati saralash o‘yinlaridan keyin ishqibozlar va turli OAVda yuzaga kelgan vaziyatdan xabardor va milliy terma jamoaning keyingi taqdiri haqidagi bahs va munozaralar, taklif va murojaatlarni juda yaxshi tushunib turibdi. O‘zbekiston Futbol Federasiyasi har bir futbol ishqibozi o‘zining shaxsi fikri borligi va uni erkin ifoda qilish vakolatiga ega ekanligiga hurmat bilan qaraydi.

Milliy terma jamoaning jahon chempionati saralash o‘yinlaridagi ishtiroki, terma jamoa murabbiylar shtabi a’zolarining atrofidagi xavotirli fikrlarga hurmat saqlagan holda ma’lum qilamizki, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Samvel Babayan boshchiligidagi murabbiylar shtabiga ish va vazifani oxiriga yetkazib qo‘yish uchun imkoniyat beradi. O‘zbekiston terma jamoasining 31 avgustda Xitoyga qarshi safardagi o‘yini hamda 5 sentyabr kuni Koreyaga qarshi Toshkentdagi o‘yinlariga jamoani Samvel Babayan tayyorlaydi.

Milliy terma jamoaning keyingi taqdiri bo‘yicha qaror 5 sentyabrda Koreya bilan Toshkentdagi o‘yindan keyin qabul qilinadi.

Shu bilan bir qatorda qo‘shimcha qilamizki, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Ijroiya Qo‘mitasi Byurosining qaroriga ko‘ra, shu yilning sentyabr oyida O‘FF navbatdagi Konferensiyasini o‘tkazadi. Unda tashkiliy masalalar, shu jumladan, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi Prezidenti va rahbarlik lavozimlarining saylovi, O‘FF strukturasini o‘zgartirish va kadrlar masalasini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, mamlakat futbolini isloh qilish bo‘yicha dasturlarni tuzib chiqish kabi dolzarb masalalar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston Futbol Federasiyasi matbuot xizmati

Manba: the-uff.com
Kiritildi: 17:47, 15.06.2017.
O'qildi: 29410 marta.
Fikrlar: 163 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.