"Yuventus" himoyachisi Dani Alvesning fikricha, turinliklar hujumchisi Paulo Dibala o‘sish uchun klubni tark tishiga to‘g‘ri keladi.
"Men Dibala bilan gaplashdim va unga o‘sish uchun "Yuventus"ni tark etishiga to‘g‘ri kelishini aytdim. Paulo - qimmatbaho tosh, u o‘z iqtidorining yangi qirralarini namoyish etyapti. Biz bu haqida ko‘p gaplashdik va bir kuni bu so‘zlarni unga aytdim. Bilmadim, bu kun qachon keladi", - deydi Alves.