Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya - Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

«Yuventus»ning 7 qarg‘ishi

«Yuventus»ning 7 qarg‘ishi

Baho:
+ | -

Del Pyero bir paytlar Chempionlar ligasi finali «Yuventus» uchun qarg‘ish tekkan o‘yin, degandi. Bugungi sahifamizda uning so‘zlarining 7ta isbotini keltirib o‘tamiz.

1973: «Ayaks» — «Yuventus» 1:0

Afsonaviy Kruiff va Neeskensning «Ayaks»i Chempionlar kubogini ketma-ket 3 marta yutish uchun Belgradga keladi va «Yuve» ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozonadi. Yagona golni Jonni Rep uradi.

1983: «Gamburg» — «Yuventus» 1:0

O‘n yil o‘tar-o‘tmas «Yuventus» Dzoff, Shire va Platini bilan birga yana finalga qaytadilar. Biroq mana shunday kuchga ega bo‘la turib «Yuve» Afinada «Gamburg»dan mag‘lubiyatga uchraydi. Feliks Magat urgan chiroyli goli bilan «Gamburg»ni chempion qiladi.

1997: «Borussiya Dortmund» — «Yuventus» 3:1

«Yuve» Myunxenga chempionlikni himoya qilish uchun keladi (ha, ha, turinliklar mag‘lub bo‘lmagan finallar ham bo‘lgan), biroq 20 yoshli Lars Rikenning super goli va Karl-Xayns Ridlning dubli dortmundliklarning g‘alabasini ta’minlaydi.

1998: «Yuventus» — «Real» 0:1

Marchelo Lippi jamoasi finalga favorit sifatida tashrif buyuradi, Del Pyero va Inzagi o‘sha paytda Yevropaning eng kuchli hujum juftligi sanalib kelayotgan edi. Shunday bo‘lsa-da, «Yuve»ning omadsiz finallari davom etadi va g‘alaba keltiruvchi golni «Real» safidagi o‘yinchi Predrag Miyatovich chiroyli tarzda uradi va «qirollik klubi» chempionlikni nishonlaydi.

2003: «Yuventus» — «Milan» 0:0 (2:3 pen)

Bu o‘yinni oxirgi 20 yilning eng zerikarli finali deb hisoblashdi. O‘yin penaltilar seriyalarigacha yetib boradi. Trezege, Salayeta va Montero penaltida xatoga yo‘l qo‘ygach, «Old Trafford»da «Milan» chempionlikni nishonlaydi.

2015: «Yuventus» — «Barselona» 1:3

Atigi ikki yil oldin «Yuventus»ning markaziy yarim himoyasida Pirlo, Pogba va Vidal juftligi harakat qilishardi. Final juda ham qiziqarli tarzda o‘tdi, g‘alabani esa «Barsa»ga MSN ta’minlab berdi.

2017: «Yuventus» — «Real» 1:4

Ikki yildan so‘ng «Yuventus» yana Chempionlar ligasi finaliga qaytdi va Kardiffda Ispaniyaning boshqa klubiga mag‘lub bo‘ldi.

«Yuventus»ga 9 ta finaldan 2 tasida omad kulib boqqan, 1985 yilda «Liverpul»ni 1:0 hisobida va 1996 yilda «Ayaks»ni (1:1) penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.

Manba: penalti.uz
Kiritildi: 17:43, 17.06.2017.
O'qildi: 8035 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.