Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Nolitoning «Manchester Siti»dagi kelajagi so‘roq ostida

Nolitoning «Manchester Siti»dagi kelajagi so‘roq ostida

Baho:
+ | -

O‘tgan yili yozida “Manchester Siti” safiga kelib qo‘shilgan Nolito yakuniga yetgan mavsum mobaynida jamoa ustozi Gvardiolaning ishonchini oqlay olmadi. Goal nashri Nolitoning jamoadagi vaziyati va uning yaqin kelajagi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Manuel Agudo Dyuran yoki qisqacha qilib aytganda Nolito o‘tgan yili Yevropa chempionati yakuniga yetgach “Manchester Siti” bilan shartnoma imzoladi. Futbolchining “shaharlik”ka aylanishini aynan Gvardiola juda istagandi. “Selta”da ajoyib mavsumni o‘tkazgach bir qator klublar, jumladan, “Barselona” ham unga qiziqish bildirishdi. Yakunda 29 yoshli hujumchi “Tumanli Albion”ga ko‘chib o‘tdi. Jamoa esa u uchun shartnomada belgilangan mablag‘ni va hatto 9-raqamni ham berishni va’da qildi.

Nolito Gvardiola bilan munosabatlari ancha uzoqqa borib taqaladi. Gvardiola 2008-2011-yillar mobaynida «Barselona»ni boshqargan bir paytda Nolito «Barsa B»ning a’zosi edi. Aynan Gvardiola qo‘l ostida asosiy jamoada o‘zining debyutini nishonlagandi. Bu mavsumda Nolito Premer Liganing 27 o‘yinida maydonga tushdi. Ispaniyalik hujumchi bosh murabbiyning Aguero, Sterling, Sane va Gabriel Jezuslardan so‘ng maydonga tushiriladigan 5-hujumchisi vazifasini bajardi. O‘tgan haftada esa futbolchi va uning oilasi Manchesterda qiynalishayotganini e’tirof etdi: “Men inglizchani ozgina o‘rgana oldim, bu judayam qiyin. Faqatgina “tomorrow”, “good morning”, “good afternoon” va bir necha so‘zlarni bilalan xolos. Men bu yerdagi iqlimga ham o‘rgana olmayapman. Qizalog‘imning rangi xuddi g‘orda yashagan odamday bo‘lib qoldi. Hozircha amaldagi shartnomam bois qarorni klub qabul qiladi, biroq men ketishni xohlayman.” Demak, vaziyat oydinlashgan va bundan bir qator klublar foydalanib qolishni istashmoqda.

“Selta” va “Sevilya” – asosiy da’vogarlar

Bir necha kun oldin ispan OAVlari hodimlari Nolitoni “Sanches Pisxuan” stadioni yaqinida kezib yurganini ko‘rishgan. Hujumchi “Sevilya” sport ishlari direktori Oskar Arias bilan uchrashgan. Arias ham o‘z navbatida klub qiziqishlarini tasdiqlagan. Shuningdek, futbolchiga sobiq jamoasi “Selta” ham qiziqish bildirmoqda. Nolito 2013-2016-yillar oralig‘ida “Selta” sharafini himoya qilgan. Nolito esa ikkala jamoa ham u uchun eng yaxshi variant ekanligini ta’kidlab o‘tgan. Biroq, kelasi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etadigan « Sevilya »ni tanlashi ehtimoli yuqori. « Selta » esa kelasi mavsumda Yevropa maydonlarida ishtirok eta olmaydi.

«Atletiko Madrid» – 3-tanlov

Futbolchi uchun boshqa bir tanlov bu poytaxt Madrid ham paydo bo‘lishi mumkin. Buni ispan OAVlari xabar bermoqda. Futbolchi “Marca” nashriga bergan intervyusida bu haqida ham to‘xtalib o‘tgan: “Ijara shaklida yoki transfer shaklida bo‘lishidan qat’iy nazar, men havo almashtirmoqchiman. “Atletiko” ham qiziqish bildirayotganini eshitdim, biroq buning barchasini agentim hal qiladi.” Dastlab, aynan madridliklarning imkoniyati ancha yuqori baholangan edi. Ammo, “Atletiko” yanvar oyigacha FIFA ta’qiqlari bois futbolchi qo‘shib olmasligi Nolitoning so‘nggi qaroriga ta’sir qilishi mumkin. Boisi hujumchi kelasi yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan Mundialda terma jamoa safida borishni niyat qilgan. Lopetegi tomonidan hozircha termaga jalb qilinmagan Nolito uchun bu qaltis qaror bo‘lishi mumkin.

Manba: muhokama.com
Kiritildi: 23:12, 18.06.2017.
O'qildi: 3200 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.