Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

O‘zbek muxlislari O‘FFga "Ishonch" sovg‘a qilishdi (foto)

O‘zbek muxlislari O‘FFga "Ishonch" sovg‘a qilishdi (foto)

Baho:
+ | -

21 iyun kuni Xalqaro Press-klubning navbatdagi anjumani o‘tkazildi.

“O‘zbekistonda sport: yangi vazifalar, Olimpiya harakati va sog‘lom turmush tarzi” mavzusidagi anjumanda sportimizda mavjud vaziyat va uni rivojlantirish, Olimpiya harakati va xususan futbol to‘g‘risida, sohaning istiqbollari, shuningdek, kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi raisi Rustam Qurbonov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Qosimov, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi bosh kotibi Sardor Raxmatullayev hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti rektori Shoakram Isroilov spiker sifatida ishtirok etdi va jurnalistlarning savollariga javob berishdi.

Anjumanda O‘FF bosh kotibi Sardor Rahmatullayev Milliy terma jamoa, murabbiylarni almashtirish bo‘yicha fikr bildirdi va 2017-2020 yillarda O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

«Bugun Milliy terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqish yo‘lidagi natijasini yaxshi deb bo‘lmaydi. To‘g‘ri, xatolar yo‘q emas, lekin bizda hali JCHga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqishga imkoniyat bor. O‘zbekiston futbol federasiyasi va murabbiylar shtabi buning uchun hozirda barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. O‘FF murabbiylarini ishdan olish masalasiga kelsak, federasiya Ijroiya Qo‘mitasi Byurosi murabbiylar shtabiga ish va vazifani oxiriga yetkazib qo‘yish uchun imkoniyat berishga qaror qildi. Xabaringiz bor, federasiya bayonotida shu yilning sentyabr oyida konferensiya o‘tkazilishi e’lon qilingan. Qayd etish kerak, O‘FF tarkibi yangilanadi. 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish dasturi ishlab chiqilmoqda. Unda federasiya strukturasi, rahbariyati va boshqa tashkiliy masalalarda o‘zgarishlar kutilmoqda» - dedi Rahmatullayev.

S.Rahmatullayevga futbol muxlisi tomonidan O‘FFga ishonch bildirilishining ramziy ma’nosi sifatida “Ishonch” so‘zi yozilgan pufak taqdim etildi.

 

Manba: uz24.uz
Kiritildi: 18:06, 21.06.2017.
O'qildi: 18434 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик