Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Ronaldu mojarosi — Krishtianu nega to‘nini teskari kiydi?

Ronaldu mojarosi — Krishtianu nega to‘nini teskari kiydi?

Baho:
+ | -

Futbol olamida soliq bilan bog‘liq mojarolar ancha paytdan beri kuzatilib kelingan. Ayniqsa, Ispaniya chempionatida. Gap shundaki, mazkur mamlakatda futbolchilar to‘laydigan soliq boshqa davlatlarnikidan kattaroq. Shuning uchun ham ba’zida futbolchilar mo‘may puldan ayrilishni istashmaydi va qonunni aylanib o‘tishga qaror qilishadi. Oqibatda tergov va sud jarayonlari boshlanadi.

Ayni damda “Real” yulduzi Krishtianu ana shunday mojarolar girdobiga tushib qolgan. Odatda, bunday vaziyatda futbolchilar tinchgina jarima to‘lab qo‘ya qolishadi. Biroq negadir Ronaldu o‘ziga nisbatan ayblovlarni tan olmayapti, u bir tiyin ham to‘lamoqchi emas? Xo‘sh, u nega bunday yo‘l tutmoqda?

Pul eng muhimi emas

Bu yerda pul muhim o‘rin tutayotgani yo‘q. Krishtianu Ispaniyaga ko‘chib o‘tganidan beri ikki-uch marta soliq bilan bog‘liq mojaroga duch kelgan va har doim talab qilingan jarimani to‘lab, mojarodan xalos bo‘lgan. Xo‘sh, unda nega hozir shu ishni qilmayapti? Vaholanki, u to‘lashi kerak bo‘lgan pul daromadi oldida hech narsa emas. Gap shundaki, Krishtianu ayblovni tan olmayapti, shu boisdan shunchaki pul to‘lamoqchi emas, u haqini talab qilyapti. Ronaldu ko‘rdi — har safar jarima to‘lagan, ammo yana uni ayblashda davom etishyapti. Shu bois Ronaldu bo‘ysunishdan foyda yo‘qligini bildi va qaysarlik qila boshladi.

“Real”dan alamzadalik kayfiyati

Garchi bu mojarolar boshlanganiga ancha bo‘lgan bo‘lsa-da, “Real” Ronalduni to‘liq himoya qilayotgani yo‘q. To‘g‘ri, jamoa Ronalduni rasman himoya qila olmaydi, chunki Ronaldu jamoadan olgan maoshidan emas, reklama va boshqa futboldan tashqari daromadlaridan soliq to‘lamaganlikda ayblanyapti. Biroq, shunday bo‘lsa-da, Florentino Peresning ikki og‘iz gapini hisobga olmasak, klub rahbarlari Krishtianuni tuzuk oqlashgani yo‘q. Bu esa Ronalduga yoqmayapti va alamzada holatiga tushib qolgan. Shuning uchun ham kurashishni to‘xtatgisi yo‘q, shuning uchun ham “PSJ”ga o‘tmoqchi ekanligini qayta-qayta ta’kidlayapti.

G‘isht qolipdan ko‘chdi

Davomi

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:21, 23.06.2017.
O'qildi: 18905 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.