Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/04 23:45 Roma 3-0 Piza
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal - Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad - Alaves
11/04 18:00 Kalyari - Cremonese
11/04 18:00 Torino - Verona
11/04 19:00 Brentford - Everton
11/04 19:00 Byornli - Brayton
11/04 19:15 Elche - Valensiya
11/04 21:00 Milan - Udineze
11/04 21:30 Liverpul - Fulhem
11/04 21:30 Barselona - Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal

Sentyabrda futbolni rivojlantirish bo‘yicha yangi konsepsiya qabul qilinadi

Sentyabrda futbolni rivojlantirish bo‘yicha yangi konsepsiya qabul qilinadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Sentyabrda O‘zbekiston futbol federasiyasi (O‘FF) o‘zbek futbolini rivojlantirish bo‘yicha yangi konsepsiyani qabul qiladi. Bu haqda chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan Xalqaro press-klubda federasiya bosh kotibi Sardor Rahmatullayev ma’lum qildi.

«Sentyabrda O‘FFning navbatdagi hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Unda federasiyaning yangi rahbarlar tarkibi saylanadi. Yangi tuzilma, yangi rahbarlar tarkibi, Professional futbol ligasidagi o‘zgarishlar, bolalar va kattalar futbolini rivojlantirish — bular 2017−2020 yillarga mo‘ljallangan dasturdan o‘rin olgan», — dedi Sardor Rahmatullayev.

Milliy terma jamoaning jahon chempionati-2018 saralash bosqichidagi chiqishlari to‘g‘risida so‘zlar ekan, u xatolar mavjudligini tan oldi, biroq O‘FF va murabbiylar shtabi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish uchun barcha kuchlarni safarbar qilishini ta’kidladi.

«Bosh murabbiy Samvel Babayan bilan shartnoma saralash bosqichi yakuniga qadar imzolangan, agar u o‘ziga yuklangan vazifani bajara olmasa, iste’foga chiqishi mumkin. Lekin ayni paytda JCH chiqishimiz uchun juda yaxshi imkoniyatlar mavjud. Bu imkoniyat o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmadi. Bunda murabbiylik guruhining roli katta», — ta’kidladi O‘FF bosh kotibi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, JCH ga chiqish kurashidagi asosiy raqib — Janubiy Koreyaning ko‘rsatkichlari hozircha yaxshi emas. «Osiyo yo‘lbarslari» taqdiri ularga bog‘liq bo‘lmagan bir paytda O‘zbekiston jamoasida vaziyat boshqacha: «barchasi o‘z qo‘lida».

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 21:22, 23.06.2017.
O'qildi: 5252 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик