Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Muxlis dardi: «Terma jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqish yo‘lini topdim!»

Muxlis dardi: «Terma jamoamizni jahon chempionatiga olib chiqish yo‘lini topdim!»

Baho:
+3 | -

Erondan uchralgan mag‘lubiyat shunaqa qattiq ta’sir qilgan ekanki, ko‘chada uchragan to‘rtta odamdan uchtasi futbolchilarimiz va murabbiylarimizning «shirin ta’riflar» bilan yodga olishadi. Jumladan, men ham ana shunday muxlislardan ko‘pining dardiga quloq tutdim. Bu fikrlar orasida jahl bilan aytilganlari ham, mulohaza qilib bildirilganlari ham bor. Keling, shu fikrlarga quloq tutamiz.

Zarif aka, haydovchi:

— Uka, bu futboldagi muammolarni qanday hal qilsa bo‘ladi? Nega shunchadan beri tuzukroq ish qilinmadi, a? Abramov davrida zo‘r o‘ynardik, lekin natija bo‘lmadi. Mirjalolni olib kelishdi. Malades, Mirjalol futbolni zo‘r tushunadi, degandik, lekin bitta avtogol tufayli termamiz jahon chempionatiga chiqa olmadi va Mirjalol ham termadan ketdi. Keyin esa Samvel Babayan keldi. Buni qara, endi na o‘yin bor, na natija. Tushunmayman, uka, nega bunday qilishdi? Axir bir murabbiy ishini eplay olmasa, o‘rniga boshqa tajribaliroq murabbiyni olib kelish kerak-ku, to‘g‘rimi?

Botir aka, sotuvchi:

— E, shu o‘yinni gapirma, uka? Har doim kechqurun 10 gacha kassa qilib, keyin uxlardim. Shu kuni bozorniyam yig‘ishtirib, futbol ko‘ribman-a! Qancha foydadan quruq qoldim! Tushunmayman, nima qiladi bular mashg‘ulotlarda?! Otning kallasiday oylik oladi, o‘ynasa o‘ladimi? «Lokomotiv»ga qarshi o‘yinda ikkita gol urgani zahoti Masharipov termaga chaqirildi, lekin u ham zaxira o‘rindig‘ini to‘ldiryapti, xolos. Xullas, men terma jamoani jahon chempionatiga chiqarishning yo‘lini topdim. O‘zi buning bitta yo‘li bor, Braziliya yoki Ispaniya zbornilaridagi o‘yinchilarni olib, terma tuzib, nomini «O‘zbekiston milliy termasi» deb o‘zgartirish kerak, tamom. Yoki termaning tarkibini butunlay yangilash kerak, Babayanning bunday qilishiga esa ko‘zim yetmayapti-yov.

Salim aka, sartarosh:

— Hozir bizada amaldagi chempion «Loko», to‘g‘rimi? Lekin zborniyning asosiy tarkibida nechto «Loko» o‘yinchisi bor? Yoki «Nasaf» uchinchi o‘rinni egallaydi, qani bu klubning futbolchilari? Termadagi aksariyat o‘yinchilar «Paxtakor»dan. Axir hozirgi Babayan bu «Paxtakor»ni boshqargan Babayan emas-ku, to‘g‘rimi? Uning mas’uliyati ikki karra oshgan, u hozir umuman boshqa Babayan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiysi. Bu hazilakam gap emas! Baraka topgur, shunday nomdan foydalanmaydimi? O‘qidim, termaning tarkibini men emas, murabbiylar shtabi tayinlaydi, debdi. Xo‘sh, o‘sha murabbiylar shtabida o‘z ishini qoyillatib qo‘ygan birorta mutaxassis bormi? Yo‘q. Bittasi haydalgan, boshqa bittasi anchadan beri futbolga aralashmay qo‘ygan. Bitta legionerimizning-ku tuzuk foydasi tekkanini ko‘rmadim. Menimcha, uyam nomiga chaqirilgan, aslida, hech qanday ahamiyati yo‘q uning, ismi Deyan Jorjevichmidi? Xullas-da...

Xullas, agar har bir muxlisdan fikr so‘rasangiz, har bittasi bitta yangi fikr aytadi, bu shuni anglatadiki, o‘zbek futbolida, ayniqsa, terma jamoamizda muammolar ko‘paysa ko‘payyaptiki, kamaygani yo‘q. Aslida, yechim juda oddiy, tarkibni almashtirib, ishonchni oqlamayotgan (Sergeev, Andreev) yoki futbolchi ekanligini unutib qo‘yayotgan (Lobanov) larning o‘rniga boshqa futbolchini tushirish kerak. Ochig‘i, shaxsan men Babayan nega Nesterovni ikkinchi darvozabon qilib qo‘yganini haligacha tushuna olmayman. Mayli, xullas, tarkibni yaxshiroq tuzib, murabbiylar shtabini ham tozalash kerak. Qani Yestafeev yoki yoshlarimiz bilan yaxshi natija ko‘rsatgan boshqa mutaxassislar? Agar shu insonlar shunchaki yo‘q bo‘lib ketsa, futbol mutasaddilarining ishiga «ikki» baho! Agar vaziyat shu tarzda ketaversa, hech narsa o‘zgarmasa va termamiz bu safargi mundialdan ham quruq qolsa, futbolimiz mutasaddilariga «ikki» baho! Agar natija bo‘lmasa, futbol orqasidan non yeyayotganlarning topgani halol emas, aslo, chunki bu pullar xalqniki va xalq o‘zbek futbolining bugungi ahvolidan norozi. Norozi odamning haqi esa hech qachon buyurmaydi. Nima dedingiz?

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:22, 25.06.2017.
O'qildi: 17589 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик