Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/10 00:00 Vilyarreal 3-1 Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut 3-1 Sautgempton
01/10 13:00 Sentrel Kost 1-2 Buriram Yunayted
01/10 15:00 Kavasaki Frontale 0-1 Kvangju
01/10 15:00 Poxang Stilers 3-0 Shangxay Port
01/10 17:00 Johor Dorul Ta'zim 3-0 Shanghai Shenhua
01/10 21:00 Sepohon 4-0 Istiqlol Dushanbe
01/10 21:00 Sharja 2-2 Al-Vihdat
01/10 21:45 Zalsburg 0-4 Brest
01/10 21:45 Shtutgart 1-1 Sparta
01/10 23:00 Al-Hilol 5-0 Ash-Shorta
01/10 23:00 Al-G‘arafa 4-2 Al-Ayn
01/10 23:59 Arsenal 2-0 PSJ
01/10 23:59 Bayer 1-0 Milan
01/10 23:59 Borussiya D 7-1 Seltik
01/10 23:59 Barselona 5-0 Yang Boyz
01/10 23:59 Inter 4-0 Srvena Zvezda
01/10 23:59 PSV 1-1 Sporting
01/10 23:59 Slovan 0-4 Manchester Siti

«Qo‘qon-1912» birinchi davrani durang bilan yakunladi

«Qo‘qon-1912» birinchi davrani durang bilan yakunladi

Baho:
+ | -

Bugun «Qo‘qon-1912» safarda «Olmaliq» jamoasiga qarshi 1-davraning so‘nggi uchrashuvini o‘tkazishdi. O‘tgan yili ham qo‘qonliklar birinchi davraning oxirgi o‘yinini Olmaliqda o‘tkazgandi. O‘sha gollarga boy tarzda o‘tgan bahsda mezbonlar g‘alaba qozonishgandi. Bu safargi bahsda hisob ochilmadi va ushbu jamoalar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda birinchi marta durang natija qayd etildi.

Mazkur uchrashuvga bo‘lgan qiziqish juda yuqori edi. Buning boisi “Qo‘qon-1912” jamoasi mavsumni fantastik darajada o‘tkazmoqda. Viktor Kumikov boshchiligidagi klub esa mavsum boshidagi omadsiz o‘yinlardan keyin o‘ziga kelib oldi va oxirgi bahslarni yuqori saviyada o‘tkazmoqda. Uchrashuv shunga monand ravishda shiddatli tarzda boshlandi. Dastlabki daqiqalardan har ikki jamoa hujumga zo‘r berishdi.

9-daqiqada «Qo‘qon-1912» qulay imkoniyatdan foydalana olmadi. 18-daqiqada Suhrob Berdiyevning zarbasini mezbonlar posboni qaytarib qoldi. 26-daqiqada maydon egalari burchak zarbasini tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Abdullayev to‘pga birinchi bo‘lib yetib keldi va xavfni bartaraf etdi.

30-daqiqada mezbonlar hisobni ochishlari mumkin edi. Darvoza to‘sini bizni goldan saqlab qoldi. 33-daqiqada jamoamiz yetakchisi Murod Xolmuhammedov raqib futbolchisi bilan to‘qnashuvda kichik jarohat oldi va o‘yinning qolgan qismini boshi bog‘langan holda davom ettirdi. Birinchi bo‘lim nursiz durang bilan yakuniga yetdi.

Ikkinchi taymni ham jamoalar faol tarzda boshlashdi. 48-daqiqada maydon egalari chamasi 17-18 metrlardan jarima to‘pini tepish huquqiga ega bo‘lishdi. Yelichning zarbasi yuqoridan ketdi. 55-daqiqada bosh hakam darvozamio‘ tomon yana bitta jarima belgiladi. Bu safar to‘pning yo‘liga Murod Xolmuhammedov tug‘anoq bo‘ldi. 59-daqiqada hujum qilish navbati bizga keldi. Nosir Otaqo‘ziyevning bosh bilan zarbasi noaniq bo‘ldi. 72-daqiqada jamoamizning serbiyalik hujumchisi Filip Rayevas jarohat oldi. 74-daqiqada Suhrob Berdiyevda hisobni ochish uchun imkoniyat vujudga keldi. Ammo hujumchimiz qulay vaziyatni qo‘ldan boy berdi.

80-daqiqada raqiblar Berdiyevga nisbatan qo‘pollik ishlatishdi.  Jarima zarbasidan keyin Sidiqovning zarbasi darvoza to‘siniga tegib qaytdi. 86-daqiqada yana bir jarima to‘pi tepish huquqiga ega bo‘ldik. Bu safar Berdiyevning zarbasi darvoza ustunidan qaytdi.

Qolgan daqiqalarda har ikki jamoa ham yuzaga kelgan imkoniyatlardan unumli foydalana olmadi va uchrashuv nursiz durang bilan intiho topdi. «Qo‘qon-1912» birinchi davrani 27 ochko bilan yakunladi.

Oliy liga, 15-tur  
«Olmaliq» (Olmaliq) – «Qo‘qon-1912» (Qo‘qon) – 0:0
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), A. Rasulov (Toshkent), J. Saidov (Toshkent), R. Abduvohidov (Qarshi)
Nazoratchi: A. Arutyunov (Toshkent).
O‘zPFL vakili: B. Haydarov.
"Olmaliq": 46. Xurshid Xo‘jayev, 2. Abduqahhor Hojiakbarov, 8. Shota Grigalashvili, 10. Shohnazar Norbekov (94. Xurshid Muxtorov – 61), 17. Kamoliddin Murzoyev, 18. Shavkat Mullajonov, 19. Islom Inomov, 21. G‘ulom-Haydar G‘ulomov (9. Zabihillo O‘rinboyev – 75), 55. Rahmatullo Berdimurodov, 88. Igor Yelich, 90. Vladislav Kasminin.
Zaxira: 45. Akbar To‘rayev, 7. Alibobo Rahmatullayev, 11. Viktor Klishin, 15. Farxat Musabekov, 77. Muhammad Isayev.
“Qo‘qon-1912”: 21. Muzaffar Abdullayev. 5. Jalil Kimsanov, 7. Jamshid Hasanov, 9. Nosir Otaqo‘ziyev (97. Oybek Rustamov – 64), 10. Javohir Sidiqov (11. Andrey Sidorov – 89), 19. Suhrob Berdiyev, 26. Akmal Xolmurodov, 55. Darko Gojkovich, 77. Murod Xolmuhammedov (4. Bahodir Akramov – 76),  85. Ruslan Melzeddinov, 99. Filip Rayevas.
Zaxira: 12. Aziz Ashurov, 8. Sobir Hamidov, 24. Ibrohim Rahimov, 96. Muhammadanas Hasanov.

Manba: kokand1912.uz
Kiritildi: 21:03, 25.06.2017.
O'qildi: 3493 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.