Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 19:00 Qizilqum 2-4 Olimpik
18/05 19:00 Andijon 1-1 Metallurg
18/05 21:00 Lechche 0-2 Atalanta
18/05 23:45 Torino 3-1 Milan
19/05 00:00 Alaves 1-0 Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo 0-2 Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ
20/05 21:30 Salernitana - Verona
20/05 23:45 Bolonya - Yuventus

Futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabonlar

Futbol tarixidagi eng qimmatbaho darvozabonlar

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» klubi yaqinda 23 yoshli Ederson Morayes uchun 40 million yevro to‘lab, uni futbol olamining eng qimmatbaho ikkinchi golkiperiga aylantirdi. Xullas, bu boradagi reyting peshqadami - Janluiji Buffon hamon o‘z maqomini saqlab turibdi. Quyida transferi nihoyatda ko‘p mablag‘ talab qilgan darvozabonlar haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

Petr CHEX. Narxi: 14 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Chelsi»  «Arsenal». Yil: 2015. «Chelsi» 2 yilcha oldin murakkab holat qarshisida qoldi: faxriy Petr Chex va yosh Tibo Kurtuadan birini tanlashiga to‘g‘ri keldi. Yakunda «aristokratlar» chexiyalik kiperni do‘stona tarzda «Arsenal»ga qo‘yib yuborishdi. Ilk mavsumda bu qaror xatodek ko‘ringandi, ammo hozir bunday baholash uchun asos yo‘q.

Samir XANDANOVICH. Narxi: 15 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Udineze»  «Inter». Yil: 2012. Sloveniyalik kiper o‘sha vaqt top-klub safidan joy olgandi, ammo «Inter» shu-shu Yevropa futboli elit guruhidan chetda qolmoqda. Umuman, bir necha yilki, Samirning kuchliroq klubga yo‘l olishi taxmin qilinmoqda, ammo... Deylik, hozirda uning «Manchester Yunayted»ga o‘tishi xususida gap-so‘zlar bor.

Yan OBLAK. Narxi: 16 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Benfika»  «Atletiko». Yil: 2014. «Matraschilar» sloveniyalik kiperni Tibo Kurtua (u ijara muddati tugagani bois, London «Chelsi»si ixtiyoriga qaytgandi) o‘rniga sotib olishdi. U o‘rinbosarlik vazifasini o‘rniga qo‘ydi va joriy yozda endi «MYU»da David de Xea o‘rnini egallashi xususida xabarlar chiqmoqda.

Anjelo PERUSSI. Narxi: 17,9 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Inter»  «Lasio». Yil: 2000. 17 yil oldingi transfer. Anjelo «Inter»da atigi 1 mavsum o‘ynagach, Rimga ko‘chib o‘tgan va foliyatining oxirgi 7 yilini «Lasio»ga bag‘ishlagandi. E’tiborlisi, Perussi xayrlashuv mavsumida «A» seriyasining eng yaxshi darvozaboni sifatida e’tirof etilgandi.

Klaudio BRAVO. Narxi: 18 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Barselona»  «Manchester Siti». Yil: 2016. Xosep Gvardiola Manchester klubida ish boshlagach, Jo Xartni Italiyaga jo‘natdi va uning o‘rnini «Barselona» kiperi bilan to‘ldirdi. Murabbiy o‘z qarorini chililik darvozabon jamoa hujumini boshlashda benazir ekanligi bilan izohlagandi. Biroq bu transferdan samara chiqmadi, yakunda «shaharliklar» yana yangi darvozabon sotib olishdan o‘zga chora topolmadilar.

Anjelo PERUSSI. Narxi: 19 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Yuventus»  «Inter». Yil: 1999. Elit ro‘yxatga 2ta transfer orqali tushgan yagona kiper. Perussi 1999 yilning yozida murabbiy Marchello Lippi bilan hamrohlikda «Yuve»dan «Inter» safiga o‘tdi. Turinliklar uning o‘rniga Edvin van der Sarni sotib olishgan, biroq golland kiperi jamoaning to‘laqonli yulduziga aylanolmagandi. Natijada «Yuve» Janluiji Buffon xaridiga qo‘l uradi, sal keyinroq.

Sebastyan FREY. Narxi: 21 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Inter»  «Parma». Yil: 2001. Yangi asr avvalida «Parma» yetarli mablag‘ga ega edi va Janluiji Buffonni munosib narxda sotib, uning o‘rniga Freyni xarid qiladi. Fransuz «qandolatchilar» safida chakki taassurot qoldirmaydi, ammo klub moliyaviy tanglik sabab, uni qayta sotishga majbur bo‘ladi.

David de XEA. Narxi: 25 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Atletiko»  «MYU». Yil: 2011. O‘sha mashhur Edvin van der Sar o‘rniga taklif etilgan ispan kiperi juda sust boshladi. Aytishlaricha, unga hattoki, majburan taom yedirishgan. Muhimi, Aleks Fergyuson ishonchni yo‘qotmadi va mana, de Xea jahondagi eng kuchli golkiperlardan biriga aylandi. «Real» shu yoz Davidni Ispaniyaga qaytarmoqchi va ehtimolki, uning eng qimmatbaho kiperlar reytingida Janluiji Buffondan ham o‘zib ketishi hech gap emas.

Franchesko TOLDO. Narxi: 26,5 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Fiorentina»  «Inter». Yil:  2001. Florensiyaliklar aslida Toldoni «Parma»ga sotmoqchi bo‘lishgandi, biroq uning o‘zi bu variantni rad etib, «Inter»ga o‘tishni ma’qul ko‘rdi. 4 mavsum «neradzurralar» sharafini binoyidek himoya qilganidan keyin esa braziliyalik Julio Sezar tufayli zaxira o‘rindig‘iga chekindi. Shu tariqa vaqtida jahonning eng yaxshi golkiperlaridan biri sanalgan Franchesko naq 5 yil davomida Milan jamoasining zaxirasida o‘tirish bilan kifoyalandi.

Manuel NOYER. Narxi: 30 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Shalke»  «Bavariya». Yil: 2011. Bu ro‘yxatda «Bavariya» tayanch yarim himoyachisiga nima bor? Jiddiy gapirsak, qimmatbaho kiperlar rekordini aynan Noyer yangilashi mumkin edi. Biroq u Myunxenga ertaroq ko‘chib o‘tdi, chog‘i...

EDERSON. Narxi: 40 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Benfika»  «Manchester Siti». Yil:  2017. Braziliyalik darvozabon oldida mas’uliyatli vazifa turibdi. U avvalo, «shaharliklar» tarafkashlarining Klaudio Bravo qiyofasi va uning ishtirokidagi dahshatli oqshomlarni unutishlariga yordam berishi kerak.

Janluiji BUFFON. Narxi: 52,8 mln. yevro. Harakat yo‘nalishi: «Parma»  «Yuventus». Yil: 2001. «Yuventus» benazir Buffon uchun to‘lagan puliga zarracha achinmasa kerak. Vaholanki, oradan 16 yil o‘tibdiki, bu transfer rekordi yangilangani yo‘q.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 10:41, 26.06.2017.
O'qildi: 8286 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.