Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam - BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Top-darvozabonlar xatosi davom etyapti

Top-darvozabonlar xatosi davom etyapti

Baho:
+ | -

Angliya milliy jamoasi golkiperi Jo Xart JCH-2018 saralashi doirasida shotlandiyaliklarga qarshi kechgan o‘yinning oxirgi daqiqalarida raqibning jarima zarbalari oldida shunchaki, ojiz qoldi. Oddiy aytganda, jamoasini qutqarolmadi va inglizlar «Xempden Park»ni mag‘lub holda tark etishlari hech gap emasdi. Faqatgina Garri Keynning 90}3-daqiqadagi aniq zarbasi ular joniga oro kirdi. Shvesiya - Fransiya o‘yinida esa tajribali Ugo Lyorisning dahshatnamo xatosi mehmonlarga pand berib, ular Stokgolmdan quruq qaytishdi. Demak, quyida ushbu darvozabonlar yo‘l qo‘ygan g‘alati|antiqa xatolarni alohida ko‘rib chiqamiz.

Shvesiya va Fransiya milliy jamoalari o‘rtasidagi ahamiyati katta uchrashuvning so‘nggi soniyalari ketyapti. Fransuzlar jamoasining ko‘p yillik tan olingan golkiperi Ugo Lyoris shu onda navbatdagi hujumni boshlashga urindiyu, raqib hujumchisi tomonidan taqdim etilgan pressingga duch keldi. Natijada Ugo jon holatda to‘pni shunchaki, maydon markazi taraf tepib yubordi. Biroq uning uchun ko‘rgilikni qarangki, to‘p to‘g‘ri borib, shved futbolchisi oyog‘iga tushdi. Eng yomoni (albatta, fransuzlar uchun) keyingi lahzalarda kuzatildi: Ula Toyvonen vaqt ozligidanmi yoki kiperning oldinga chiqib ketganini inobatga olibmi, tavakkalga qo‘l urgancha markaziy doirachada turib, to‘g‘ri darvozani nishonga oldi. Xullas, ajoyib trayektoriya hosil qilgan to‘p darvoza to‘riga «ilindi». Ushbu antiqa gol samarasi o‘laroq, shvedlar o‘yinni o‘z foydalariga hal etishdi va turnir jadvalida ochkolar bo‘yicha fransuzlarga tenglashib olishdi. «Ha, bizga Lyorisning kulguli xatosi pand berdi. Ammo uni kechirish mumkin, chunki bungacha betakror «seyv»lari bilan jamoaga ko‘p bora ishonch bag‘ishlagan. Yana nima derdim, Rossiya mundialiga borish uchun diqqat bilan ishlashda davom etamiz»,-dedi Fransiya terma jamoasi hujumchisi Antuan Grizmann «Frends Arena» stadionidagi uchrashuvdan so‘ng. Aytgancha, mavsum-2016|2017 davomida Lyorisni jahonning eng yaxshi darvozaboni maqomi bilan siylashgandi, hisob. Biroq bu kabi oddiy holatda «qovun tushirish» barchasini obdon o‘ylab ko‘rishni taqozo etadi.

Angliya milliy jamoasi kiperiga kelsak, Jo Xartning ishlari yanada yomon. Xosep Gvardiola tomonidan «Manchester Siti»da ortiqcha ekanligi aytilgan va quvilgan Xart majburiy ijara kelishuvi  asosida «Torino»da o‘ynadi. Ko‘rinishidan, Italiya safari darvozabonning o‘zigagina xursandchilik bag‘ishlagan, shekilli. «Ochiq aytaman, biz Angliya terma jamoasi asosiy darvozabonining shunchalik ko‘p xatoga yo‘l qo‘yishi mumkinligini o‘ylagan emasdik» - bu «Torino» prezidenti Urbano Kaironing Xart ijrosidagi o‘yinlarga bergan lo‘nda bahosi. Umuman olganda, Jo «A» seriyasi doirasidagi 36ta o‘yinda 62ta gol qo‘yib yubordi. Mana, endi terma jamoada ham bechora Xartdan xursand emaslar. Chunonchi, inglizlar Shotlandiya terma jamoasiga qarshi uchrashuv davomida behisob xavfli vaziyatlar yaratishdi, ammo so‘nggi pallalargacha atigi 1:0 bilan cheklanib qolishdi. Keyin Li Griffits ketma-ket 2ta standart  vaziyatda mo‘’jizakor harakatlandi. E’tiborlisi, Angliya terma jamoasi saralash doirasidagi ketma-ket 5ta uchrashuvda o‘z darvozasini daxlsiz saqlab qolgandi. Qatorasiga 6-o‘yinning oxirida esa Xart birdaniga 2 marta ojiz qoldi. Boz ustiga, 2ta gol ham jarima zarbasidan urildi. «Xayr, Jo Xart» - Twitter tarmog‘ida muxlislarning munosabatlari shunday keskin yangradi. Ular shuningdek, darvozabon kepkasini yana bir bora kalaka ostiga olishni unutishmadi. Li Griffits - joriy saralashda Angliya terma jamoasi darvozasini ishg‘ol qilgan birinchi futbolchi. U go‘yoki, «Liverpul» rahbariyatiga ogohlantiruvchi qo‘ng‘iroq chalgandek: «Yangi kiper bilan shartnoma tuzishga shoshilmagan ma’qul». Loris Karius, Simon Minyole va ijara safaridan qaytgan Demmi Uord ham bu kabi gollar qo‘yib yuborishlari mumkin, ammo... Ha, shotland hujumchisining zarbalari aniq va kuchli chiqdi, biroq har ikki safar ham to‘p uzoq burchakka yo‘naltirilmaganini inobatga olish kerak. Uchrashuvdan so‘ng Xartning o‘zi tan oldi: «Bu Angliya termasining saralashdagi eng ideal o‘yini emas». Ha, Garri Keyn so‘nggi lahzada inglizlarni muqarrar mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi. Biroq qimmatli ochkolar yo‘qotilgani fakt va bunda aynan Xart asosiy aybdordek ko‘rinmoqda...

Aytgancha...

JCH saralashi doirasidagi rasmiy o‘yinlardan so‘ng Fransiya va Angliya terma jamoalari o‘rtasida o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. 3:2 hisobida fransuzlar g‘alabasi bilan tugagan o‘yinda ular yana Ugo Lyorisga ishonch bildirishdi, inglizlar esa Jo Xartga maydonga tushish imkoniyatini berishmadi.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:14, 27.06.2017.
O'qildi: 5178 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.