Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

MMA: Mahmud Murodov XFN vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritdi (+video)

MMA: Mahmud Murodov XFN vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritdi (+video)

Baho:
+ | -

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Mahmud Murodov Chexiyada X Fight Nights 3 musobaqasida xorvatiyalik raqibini mag‘lub etdi.

Aralash yakkakurash janglari ustasi o‘zbekistonlik Mahmud Murodov (11−6−0) 25 iyun kuni Chexiyaning Praga shahrida XFN 3 musobaqasida bellashuv o‘tkazdi. Sportchi XFN (X Fight Nights) talqini bo‘yicha vaqtinchalik chempion maqomini qo‘lga kiritdi, deb xabar qilindi tashkilotning Facebook’dagi rasmiy sahifasida.

84 kg gacha vazn toifasida o‘zbekistonlik sportchiga xorvatiyalik Zoran Dod (9−8−0) raqib bo‘ldi. Uch raund yakunlariga ko‘ra Mahmud Murodov hakamlar tomonidan bir ovozdan g‘olib deb topildi.

Gollandiyalik Devid Ramires (6−3−0) XFN’ning amaldagi chempioni hisoblanadi. Avvaliga Murodov u bilan jang olib borishi kerak edi, ammo Ramiresdagi jarohat sababli o‘zbekistonlik sportchi Zoran Dodga qarshi ringga ko‘tarildi.

Endilikda Murodov World Kickboxing Network tashkiloti talqini bo‘ycha qit’alararo chempion, Caveam talqini bo‘yicha jahon chempioni va XFN talqini bo‘yicha vaqtinchalik chempion hisoblanadi. U boks bo‘yicha 12 karra jahon chempioni amerikalik kichik Floyd Meyvezerga tegishli bo‘lgan The Money Team (TMT) klubida ham jang olib boradi.

 

Manba: gazeta.uz
Kiritildi: 21:39, 27.06.2017.
O'qildi: 5306 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.