Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/01 00:45 Verona 0-0 Udineze
05/01 16:30 Monsa 1-2 Kalyari
05/01 19:00 Fulhem 2-2 Ipsvich
05/01 19:00 Lechche 0-0 Jenoa
05/01 21:30 Liverpul 2-2 Man. Yunayted
05/01 22:00 Torino 0-0 Parma
06/01 00:45 Roma - Lasio
07/01 01:00 Vulverhempton - Nottingem Forest

Nolito: «Debyutim yaxshi chiqmagani sabab, Gvardioladan xafa emasman»

Nolito: «Debyutim yaxshi chiqmagani sabab, Gvardioladan xafa emasman»

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Nolito Manuel Agudo shu yoz Ispaniya primerosiga qaytishdan umidvor. La-ligada goleadorlik qobiliyati bilan tanilgan, ammo APLda o‘zini uncha ko‘rsatolmagan hujumchi ispan jurnalistlariga intervyu berar ekan, omadsizligi sabablariga ham to‘xtaldi. To‘g‘rirog‘i, Angliyadagi ayrim minus jihatlar qaytish haqida bosh qotirishini taqozo etayotganini alohida ta’kidladi.

APL va Angliya haqida

- Albatta, Angliya premyer-ligasiga ko‘chib o‘tganim shaxsan o‘zim uchun yaxshigina tajriba bo‘ldi. Har holda, bu yerda juda ko‘p yangi qirralarni kashf etdim, o‘rgandim. Ammo ming urinmayin, mahalliy tilni o‘zlashtirishni uddalay olganim yo‘q. Hozirgacha ingliz tilida sanoqli iboralarni o‘rgandim - «Xayrli tong», «Xayrli kun», «Ertaga» va yana 1-2ta so‘z. Umuman, Angliyadagi hayot ta’sirida ancha o‘zgardim. Boz ustiga, o‘zgarish butun oilamni qamrab oldi. Misol uchun, qizchamning tana rangi o‘zgardi. Gohida unga qarab, o‘ylab qolaman: «Eh, biz zamonaviy Angliyada yashayapmizmi yoki qandaydir g‘or ichida». Ha, klub bilan o‘rtamizda shartnoma bor. Shunday ekan, kelajagim asosan «Manchester Siti» rahbariyati pozisiyasiga bog‘liq. Ammo shaxsiy fikrimcha, jamoa endilikda menga oldingidek katta umid bog‘layotgani yo‘q. Agar yanvar oyidan buyon maydonga tushmaganimni hisobga olsak, bu masalada shubhalanish yaramaydi.

Gvardiolaga munosabat

- Yo‘q, APLdagi debyutim yaxshi chiqmagani sabab, Xosep Gvardioladan xafa emasman. Shuning barobarida unda ham mendan o‘pkalanish uchun asos yo‘q. Shunchaki, hamkorlikda muvaffaqiyatli ishlash nasib etmagan ekan. Ayni payt Ispaniya terma jamoasi tarkibiga qaytish uchun har qanday qadamga tayyorman. Ochig‘i, JCH-2018dan chetda qolsam, o‘zimni kechirolmayman. Jamoa tarkibidan joy olish uchun esa o‘yin amaliyoti zarur. Bas, shunday bo‘lgach, vaqt kech bo‘lmasidan Ispaniyaga qaytganim ma’qul, menimcha.

«Sevilya» sport direktori bilan uchrashuv

- Tasodifiy uchrashuv, ammo yodda qoladigan voqelik. Sevilyadagi do‘konlardan birida kutilmaganda, Oskar Arias ro‘parasidan chiqdim. Keyin qahva ichish bahonasida biroz chaqchaqlashdik. Shundan ko‘p o‘tmay, aynan Arias tashabbusi bilan «Sevilya» prezidenti bilan ham uchrashdim. Xayriyatki, bu safar reportyorlar bizni birga «ushlay» olmadilar. Ya’ni suratga tushirolmadilar. Ehtimol, ular o‘sha uchrashuvimizdan xabar topishganida, «Sevilya»ga o‘tishim xususidagi gap-so‘zlar yanada balandroq yangrarmidi...?

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:38, 28.06.2017.
O'qildi: 2940 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.