Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

O‘zbekiston Kubogi. «Nasaf» – «Qo‘qon-1912» uchrashuviga oid ma’lumotlar

O‘zbekiston Kubogi. «Nasaf» – «Qo‘qon-1912» uchrashuviga oid ma’lumotlar

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Kubogi chorak finalining dastlabki uchrashuvida “Nasaf” Qo‘qonning “Qo‘qon-1912” jamoasini qabul qiladi.

Qiziqarli o‘tishi kutilayotgan uchrashuv yangilangan “Markaziy” stadionda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 19:30da boshlanadi. “Markaziy” stadionning tantanali ochilishiga bag‘ishlangan konsert va rasmiy tadbirlar soat 18:00dan boshlanadi.

“Nasaf” bu yilgi kubok bahslarining nimchorak finalida “Paxtakor”ni umumiy 4:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yetib keldi.

“Qo‘qon-1912” jamoasi esa Bekobodning “Metallurg” jamoasi ustidan umumiy 4:3 hisobida g‘alaba qozonib, chorak finalga chiqqan.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, “Qo‘qon-1912” jamoasi joriy chempionatda “Nasaf”ga nisbatan 1 ochko ko‘p to‘plagan holda, turnir jadvalining 2-pog‘onasida bormoqda. Qarshiliklar hisobida hali bitta qoldirilgan uchrashuv bor.

Bilasizmi?  Qo‘qonliklar O‘zbekiston Kubogining birinchi finalchisi bo‘lgan

Qo‘qonliklar oliy liga va kubok bahslarida bungacha “Avtomobilchi”, “Temiryo‘lchi”, “Qo‘qon” nomlari bilan ishtirok etishgan.

Eng qiziqarlisi, Qo‘qonning “Avtomobilchi” jamoasi 1992 yili birinchi va so‘nggi marta O‘zbekiston kubogi finalida ishtirok etgan. Bunda ular  “Navbahor” jamoasi bilan kuch sinashgan. Finalning asosiy vaqtida hisob ochilmagan. Penaltilar seriyasida ular 6:5 hisobida imkoniyatni boy berishgan.

Yana bir qiziqarli fakt, hozirgi paytda “Nasaf” PFKda sport direktori vazifasida ishlayotgan  Vitaliy Nikolayevich Ni futbolchi sifatida qo‘qonliklar safida, ushbu finalda maydonga tushgan. Bu paytda “Avtomobilchi” jamoasiga Bahrom Hakimov murabbiylik qilgan.

O‘zingizga ma’lum, “Nasaf” jamoasi shu paytgacha o‘z tarixida olti marta O‘zbekiston Kubogi finalida ishtirok etgan. Faqat 2015 yilgi finalda g‘olib bo‘lgan. Jamomizning hozirgi ustozi Ro‘ziqul Berdiyev esa, bosh murabbiy sifatida jamoamizni to‘rt marta kubok finaliga olib chiqqan.

“Nasaf” va Qo‘qon-1912” jamoasi kubok bahslarida bungacha to‘qnash kelishganmi?

Tarixga nazar tashlasak, 2001/2002 yilgi O‘zbekiston Kubogi bahslarining aynan chorak finalida mazkur jamoalar tuqnash kelishgan. Dastlab Qo‘qonda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda maydon egalari kichik 1:0 hisobida usutun kelishgan. Qarshida bo‘lib o‘tgan javob uchrashuvida esa “Nasaf” 5:1 hisobida g‘alaba qozongan va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Oradan 15 yil o‘tib, mazkur jamoalar yana kubokning chorak finalida kuch sinashishadi.

Uchrashuv hakamlari haqida

Ushbu uchrashuvni buxorolik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bahsda Ilgiz Tantashev bosh hakamlik qiladi. Unga qanotlarda Xusniddin Shodmonov va Abdurahmon Qo‘ldoshevlar yordam berishadi. Zaxira hakami sifatida Elyor Tursunov ishlaydi. Uchrashuvda hakamlar ishini Aleksandr Popov nazorat qiladi, Toshkent shahridan.

O‘zbekiston Kubogi chorak finali, dastlabki uchrashuvi
“Nasaf” (Qarshi) – “Qo‘qon-1912” (Qo‘qon) 
30.06.2017. “Markaziy” stadion. 19:30da
Bosh hakam: Ilgiz Tantashev (Buxoro)
Qanot hakamlari: Xusniddin Shodmonov, Abdurahmon Qo‘ldoshev (Buxoro)
Zaxira hakami: Elyor Tursunov (Buxoro)
Nazoratchi: Aleksandr Popov (Toshkent)

Ilgiz Tantashev bu yilgi mavsumda jamoamiz ishtirokidagi bitta uchrashuvni boshqargan. Bu “Dinamo”-“Nasaf” uchrashuvi bo‘lib, unda jamoalar murosa ko‘chasini tanlashgan.

Demak, 30 iyun kuni futbol ishqibozlarini “Markaziy” stadionda ajoyib tadbirlar va qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Shu kuni “Nasaf” bu yilgi chempionatda ilk marta o‘z maydonida va muxlislari qarshisida to‘p tepadi.

“Markaziy” stadionimizga marhamat qiling va ko‘ngildagidek hordiq chiqaring!

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 15:49, 28.06.2017.
O'qildi: 5730 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик