KK-2017 yarimfinalida Portugaliya - Chili (0:0 pen. 0:3) bahsidan so‘ng, portugaliyaliklar bosh murabbiyi Fernandu Santush uchrashuv haqida o‘z fikrini bildirdi.
"O‘ylashimcha o‘yin juda qiziqarli o‘tdi. Maydonga eng kuchli terma jamoalar chiqishdi. Oldin aytganimdek, Portugaliya ham Chili ham finalga chiqishga loyiq. Biz o‘yin yaxshi boshlay oldik va raqibni bu bilan xayron qilib qo‘ydik. To‘g‘ri birinchi vaziyat bizning darvozamiz qarshisida sodir bo‘ldi, ammo biz ham ularga shunday vaziyat bilan javob qaytardik. Undan so‘ng ham bizda ko‘plab vaziyatlar bo‘ldi, biroq ular gol bilan yakunlanmadi.
Ikkinchi bo‘limda esa jamoalar biroz charchab qolishdi. Penaltilar seriyasida esa Chili g‘alaba qozondi. Ular bu g‘alabani haqli ravishda qo‘lga kiritishdi. Agarda biz bu o‘yinda zafar quchganimizda ham bunga haqli bo‘lar edik. Biroq unda raqibga omad kulib boqdi. Men ularni tabriklayman.
Mutaxassis Ronalduning mazkur o‘yinda hujumga nisbatan ko‘proq asisstentlikka e’tiborini qaratgani haqidagi savolga esa quyidagich javob berdi: "Ronaldu o‘zi istagan joyda harakat qildi va jamoa uchun ko‘plab vaziyatlarni yaratishga muvaffaq bo‘ldi".