Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/12 00:45 Atalanta 0-1 Inter
30/12 00:45 Roma 3-1 Jenoa
31/12 00:30 Byornli - Nyukasl
31/12 00:30 Chelsi - Bornmut
31/12 00:30 Nottingem Forest - Everton
31/12 00:30 Vest Xem - Brayton
31/12 01:15 Arsenal - Aston Villa
31/12 01:15 Man. Yunayted - Vulverhempton

Krishtianu Ronaldu egizak farzandli bo‘lganini tasdiqladi

Krishtianu Ronaldu egizak farzandli bo‘lganini tasdiqladi

Baho:
+-1 | -

«Real» va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Konfederasiyalar kubogidan oldin egizak farzandlari dunyoga kelganini tasdiqladi.

Shu sababli, Ronaldu Portugaliya terma jamoasi qarorgohini tark etadi va Konfederasiyalar kubogi musobaqasining uchinchi o‘rin uchun o‘yinida ishtirok etmaydi.

Bu qaror Portugaliya terma jamoasining yarim finalda Chiliga uchralgan mag‘lubiyatidan so‘ng (0:0, penaltilar seriyasi – 0:3) qabul qilindi. Agar Portugaliya finalga chiqqanida Ronaldu jamoada qolar edi.

«Ikki nafar farzandim dunyoga kelganiga qaramay bor e’tiborimni musobaqaga qaratdim. Afsuski, maqsadimizga erisha olmadik.

Portugaliya futbol Federasiyasi rahbari va terma jamoa murabbiyining menga qilgan e’tiboridan xursandman. Buni hech qachon unutmayman. Bolalarim bilan ilk bor ko‘risha olishimdan baxtliman», – deb yozdi Ronaldu feysbukdagi o‘z sahifasida.

«Prezident va bosh murabbiyi Ronalduga farzandlari tug‘ilgani munosabati bilan dam berishga qaror qilishdi», – deb yoziladi Federasiya rasmiy bayonotida.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 11:34, 29.06.2017.
O'qildi: 7890 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.