Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 1-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 3-2 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 3-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela 1-1 Braziliya
15/11 04:30 Paragvay 2-1 Argentina
15/11 05:00 Ekvador 4-0 Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya 0-4 Yaponiya

Gvardiola qadriga yetmagan darvozabon Ronalduni bir, Messini ikki marta sovrinsiz qoldirdi

Gvardiola qadriga yetmagan darvozabon Ronalduni bir, Messini ikki marta sovrinsiz qoldirdi

Baho:
+ | -

Konfederasiyalar kubogining yarimfinalida gol urolmagan portugaliyalik futbolchilar, o‘yindan keyingi penaltilar seriyasini ham qoyillatganicha yo‘q. Berilgan har uchala zarbani bartaraf etishga muvaffaq bo‘lgan chililik posbon Klaudio Bravo haqiqiy qahramonga aylandi.

O‘yindan so‘ng Rossiyaning «Sports.ru» nashri Bravo haqida kichik maqola chop etdi va uning Chili termasi safidagi muvaffaqiyatlariga e’tibor qaratdi.

Chili termasi darvozabonining klubdagi ishlari u qadar yurishmadi, deb boshlangan maqola. O‘tgan yoz Pep Gvardiola Bravoni «Barselona»dan «Manchester Siti»ga taklif qilgandi. Angliyada voqealar rivoji u o‘ylaganidek bo‘lib chiqmadi: darvozabon ko‘p asabiylashdi, o‘zi tomon yo‘llangan zarbalarning sezilarli qismi gol bilan tugayvergach, unga bo‘lgan ishonch kamayib bordi va Gvardiola «Siti» uchun Edersonni xarid qilishga qaror qildi. Endi Bravoning Manchesterdagi kelajagi katta so‘roq ostida.

Chili termasi bosh murabbiyi Xuan Antonio Pissi esa Bravoga ishonishda davom etdi. Aynan shu posbon yakunda Chili termasini Konfederasiyalar kubogining finaliga olib chiqdi. Portugaliyaga qarshi o‘yinda 3 ta penaltini qaytargan darvozabondan bugun butun Chili muxlislari minnatdor.

«Men buni tasodif demagan bo‘lardim. Bunday muvaffaqiyatga erishish uchun mehnat qilish, ter to‘kish, raqiblarni o‘rganish kerak bo‘ladi. Biz o‘yinga yaxshi tayyorlandik va raqibni o‘rgandik. Men nima qilishim kerakligini doim yaxshi bilganman» - dedi Klaudio Bravo, Chili termasi darvozaboni.

Arturo Vidalning qayd etishicha, Klaudio Bravo dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. Penaltilar seriyasidan oldin u 2-3 zarbani qaytarishga harakat qilishini aytib o‘tgan va yakunda so‘zining ustidan chiqqan.

Klaudio Bravo penaltilar seriyasida naqadar yaxshi ekanini argentinaliklar yaxshiroq bilardi. Copa America—2015 musobaqasining finalida ular Chili bilan to‘qnash kelib, penaltilar seriyasida yengilgandi. G‘oliblar safida to‘rt zarbaning hammasi aniq chiqqan bo‘lsa, Argentinada Iguain noaniq harakat qilgan, Baneganing zarbasini Bravo qaytarishga erishgandi.

Oradan bir yil o‘tib Argentina va Chili termalari yana finalda to‘qnash keldi. Bu safar Bravo Lukas Bilyaning zarbasini bartaraf etib, jamoasiga sovrin olib berdi. Shu tariqa ketma-ket ikki bor Lionel Messi Bravoning qarshisida sovrinsiz qoldi, endi esa navbat Krishtianu Ronalduga yetib kelganini ko‘rish mumkin.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 14:39, 29.06.2017.
O'qildi: 7624 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.