Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

«Real» Ronaldu bilan o‘ta muhim uchrashuv sanasini e’lon qildi

«Real» Ronaldu bilan o‘ta muhim uchrashuv sanasini e’lon qildi

Baho:
+1 | -

"Real" rahbariyati hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan uchrashishga qaror qildi. "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres portugaliyalik futbolchi bilan 4 yoki 5 iyul kuni uchrashadi.

"Marca" nashri klubdagi manbasiga tayanib xabar tarqatishicha, Ronaldu bilan uchrashuv o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lib, klub o‘zining yozgi transfer siyosatini Krishtianuning qaroridan kelib chiqib belgilaydi. Ronalduning jamoada qolishi noma’lum bo‘lib turgani uchun, "Real" transferlar bilan bog‘liq barcha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan.

"Jamoaning sport loyihasi Ronalduga bog‘liq. Biz barchasini imkon qadar tezroq hal qilishimiz kerak. Shaxsan futbolchining o‘zidan biz hech qanday e’tirozlarni eshitmadik. Biz Krishtianuga umid bog‘layapmiz, lekin uning istagini tinglashimiz kerak", — deya klub ichidagi manbadan iqtibos keltirdi "Marca".

Manba: football24.ua
Kiritildi: 21:10, 29.06.2017.
O'qildi: 16910 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик