Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma 1-0 Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest 1-2 Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche 0-3 Komo
27/12 19:00 Torino 1-2 Kalyari
27/12 20:00 Arsenal 2-1 Brayton
27/12 20:00 Brentford 4-1 Bornmut
27/12 20:00 Byornli 0-0 Everton
27/12 20:00 Liverpul 2-1 Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem 0-1 Fulhem
27/12 22:00 Udineze 1-1 Lasio
27/12 22:30 Chelsi 1-2 Aston Villa
28/12 00:45 Piza 0-2 Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo
29/12 00:45 Atalanta - Inter

«Sho‘rtan» qachon muammolardan xalos bo‘ladi? O‘zi nima bo‘lgandi?

«Sho‘rtan» qachon muammolardan xalos bo‘ladi? O‘zi nima bo‘lgandi?

Baho:
+ | -

G‘uzorning “Sho‘rtan” klubi futbolchi Urosh Miloslavlevich bilan bog‘liq muammo tufayli FIFA tomonidan Birinchi ligaga chetlatilishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Rahbarlar Miloslavlevichga bo‘lgan qarzdorlikni so‘ndirib, jamoani qayta tashkil etishayotgan bir paytda “Sho‘rtan” osmonini yana qora bulutlar qopladi.

Gap shundaki, bir necha kun ilgari FIFA tashkiloti “Sho‘rtan”ga yana xat yuborgan. Bu safar muammo jamoani 2011-2012 yillar boshqargan murabbiy Igor Kriushenko va uning yordamchisi atrofida ro‘y berishi kutilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, “Sho‘rtan” klubining belorussiyalik mutaxassisga 95 ming AQSH dollari, o‘sha vaqtda darvozabonlar bo‘yicha murabbiy bo‘lib ishlagan murabbiyga 26 ming AQSH dollar qarzi bor.

Ayni shu sababdan g‘uzorliklar FIFA chiqargan qaror sabab katta ehtimol bilan yangi mavsumni Birinchi ligada boshlaydi. Agar shunda ham “Sho‘rtan” quyi ligadan Oliy Ligaga chiqish vazifasini ado etsa, FIFA keyingi mavsumga ham jamoani jazolashi mumkin.

Ya’ni Igor Kriushenkoga bo‘lgan qarzdorlik haddan ziyod ko‘pligi tufayli “Sho‘rtan” yana Birinchi ligaga ravona bo‘lishi mumkin.

Uning ustiga jamoani boshqarayotgan Ixtiyor Karimov va uning yordamchilari ham noma’lum sabablarga ko‘ra vakolatlaridan chetlashtirilishdi. Shuningdek, jamoani Oleksandr Pishchur va Akmal Xolmatovlar tark etishgan.

Endilikda “Sho‘rtan”ning murabbiy kursisi bo‘shab yotibdi, u kursiga hech kimning o‘tirgisi ham yo‘qdek. Chunki boshi balolarda qolib ketayotgan jamoa natijasini qo‘rqmasdan o‘z ma’suliyatiga oladigan murabbiyni hozirgi zamonda deyarli topish qiyin.

Tabiiyki, buyog‘iga nima bo‘ladi? “Sho‘rtan”ning taqdiri qay ahvolda kechadi? kabi savollar muntazam berilib turadi. Chunki “Sho‘rtan” 23 yildan beri o‘zbek futboli rivojiga ancha-muncha foydasi tekkan jamoa hisoblanadi.

“Sho‘rtan” endilikda o‘zining yangi rahbariyati bilan 4 iyul kuni G‘uzorda uchrashuv o‘tkazadi va shu majlisda bo‘lajak rejalar ma’lum etib o‘tiladi.

“Sho‘rtan” bilan bog‘liq muammolar ketma-ketligi qanday yakunlanishini avvaldan taxmin qilish qiyin. 

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 17:32, 30.06.2017.
O'qildi: 4712 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.