Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter 3-2 Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano 3-2 Rasing
05/09 21:30 Xall Siti 0-0 Aston Villa
05/09 23:45 Roma 2-1 Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal 2-3 Deportivo
06/09 18:00 Everton 2-2 Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone 3-2 Venetsiya
06/09 18:00 Parma 1-1 Monsa
06/09 19:15 Valensiya 0-5 Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya
07/09 21:30 Kalyari - Lechche
07/09 22:00 Xetafe - Selta
07/09 23:45 Udineze - Lasio

No‘’mon Hasanov yirik mag‘lubiyat sababini izohladi

No‘’mon Hasanov yirik mag‘lubiyat sababini izohladi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston kubogi, chorak finalidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Qo‘qon-1912” (4:1) bahsi yakunlangach, dastlab mehmonlar ustozi No‘’mon Hasanov o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Avvalombor, qarshilik muxlislarga mana shunday ko‘rkam stadion muborak bo‘lsin. O‘yin tomoshabop va chiroyli bo‘ldi. Futbolchilar ham maza qilib to‘p tepishdi. Biz  ikki xil bo‘lim guvohi bo‘ldik. Dastlabki taymda yomon o‘yin namoyish etmadik, deb o‘ylayman. Ikkinchi bo‘limda o‘yinchilarimizda charchoq alomatlari sezila boshladi. O‘zlaringizga ma’lum, birinchi davra oxiri. “Nasaf”ni esa g‘alaba bilan tabriklayman. Ikkinchi davrada ham mana shunday yaxshi o‘yinlari bilan muxlislarini xursand qilishini tilayman.

Bugungi o‘yinda kamchiliklar emas, oddiy xatolar tufayli yutqzdik. Birinchi bo‘limda “Nasaf”ga vaziyat sodir etishda imkon bermadik. Ikkinchi bo‘limda jismoniy jihatdan oqsadik. Qolaversa, ikkinchi goldan keyin futbolchilarimizda ruhiy tushkunlik ham sezila boshlandi. Baribir o‘z maydonida o‘ynayotgan jamoa kuchli harakat qiladi. Davralar oralig‘ida tarkibimizda o‘zgarish bo‘ladi. Sidorovni ortga qaytarish bo‘yicha “Paxtakor”dan xat oldik. Ribkin bilan Siddiqovni jamoada olib qolmoqchimiz.

Albatta bugungi hisob keyingi bosqich taqdirini hal qilgandek, ammo biz javob uchrashuvini o‘z maydonimizda o‘tkazamiz. Tarkibimiz kuchayadi. Yigitlarimiz Qo‘qonda doimo boshqacha o‘ynashadi. Biz oxirigacha kurashamiz", — dedi No‘’mon Hasanov.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 04:52, 01.07.2017.
O'qildi: 5038 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик