Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik 0-1 Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon 3-0 Dinamo
23/11 17:30 Lester 1-2 Chelsi
23/11 18:00 Valensiya 4-2 Betis
23/11 19:00 Verona 0-5 Inter
23/11 20:00 Bornmut 1-2 Brayton
23/11 20:00 Arsenal 3-0 Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa 2-2 Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton 0-0 Brentford
23/11 20:00 Fulhem 1-4 Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko 2-1 Alaves
23/11 22:00 Milan 0-0 Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti 0-4 Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas 2-3 Malyorka
23/11 22:30 Jirona 4-1 Espanyol
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid
25/11 00:45 Lasio - Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao - Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugungi g‘alabamizda muxlislarning hissasi katta bo‘ldi»

Ro‘ziqul Berdiyev: «Bugungi g‘alabamizda muxlislarning hissasi katta bo‘ldi»

Baho:
+ | -

O‘yin yakuniga bag‘ishlangan matbuot anjumanining ikkinchi qismida jamoamiz ustozi Ro‘ziqul Sa’dullayevich ishtirok etdi va o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirdi.

"Hammalaringizga g‘alaba muborak bo‘lsin! Bugungi g‘alabada stadionimizga tashrif buyurgan muxlislarning katta hissalari bor. O‘ylaymanki, biz bugun muxlislar bilan hamohang o‘ynadik, bejizga aytishmaydi muxlislar o‘n ikkinchi o‘yinchi, deb. Bugun bu ibora yana bir marta isbotlandi. Bugungi o‘yin ajoyib tarzda o‘tdi. O‘yinning qiymati ham yuqori edi. Qolaversa, muxlislar bugun ikkita kuchli jamoa ishtirokidagi o‘yinga guvoh bo‘lishdi. Birinchi bo‘limda futbolchilarimizda qanaqadir bosim va hayajon bo‘ldi. Ular yengil harakatlana olishmadi. Ikkinchi bo‘limda gol urib, birdaniga o‘zimiz gol o‘tkazib yubordik. Yigitlar diqqatini biroz yo‘qotib qo‘yishdi. Lekin futbolchilarimiz hisob tenglashganda ham o‘zlarida kuch va iroda topa olishdi. Ular stadionga tashrif  buyurgan muxlislar kutgan o‘yinni va natijani qo‘lga kiritishdi. Buning uchun ularga katta minnatdorchilik bildiraman.

Bahrom Abdurahimovni mana ikki yildan beri kuzatib kelayapsizlar, u mehnatkash va o‘z ustida ko‘proq ishlaydigan o‘yinchilarimiz sirasiga kiradi. U keyingi paytda muxlislar yoqtirgan o‘yinchilar qatoriga qo‘shilganidan xursandmiz. U o‘z imkoniyatini endi ko‘proq ishga solayapti.

Nihoyat biz o‘z stadionimizda o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ldik. Buning uchun homiylarimizga, klubimiz rahbariyatiga kattadan–katta tashakkurlar izhor etaman. Biz uchun muxlislar ko‘z o‘ngida o‘ynash yoqimli va doimo ijobiy natijalar uchun maydonga tushamiz. Futbolda hal qilib qo‘ydik degan narsa yo‘q. Ammo biz keyingi bosqichga chiqish uchun yaxshigina zamin yarata oldik deb, o‘ylayman.

Kenjaboyev tezkor va individual harakat qila oladigan o‘yinchi. Bugun bunga yana bir marta guvoh bo‘ldik. Bundan men ham murabbiy sifatida xursandman.

Suyunov va A’zamovga “Paxtakor”dan jiddiy taklif bor. Bu taklif ular uchun yangi chaqiruv. Ammo ularning klubimiz bilan amaldagi shartnomalari bor. Ularning “Paxtakor”ga o‘tish yoki o‘tmasligi borasida klubimiz rahbariyati qaror qabul qiladi. Maboda bu o‘yinchilarimiz “Paxtakor”ga o‘tadigan bo‘lishsa, ularning o‘rnini to‘ldirishimiz kerak bo‘ladi. Bu borada rejalarimiz ham bor. Biz yana hujum chizig‘imizni va qanotimizni kuchaytirish maqsadida ishlar olib borayapmiz. Nomzodlar ham bor, ammo buni hozir ochiqlamoqchi emasman. Imkon bo‘lsa,  xorijlik futbolchilarni safimizga qo‘shib olmoqchimiz. Akmal Shorahmedov borasida gapiradigan bo‘lsam, bu o‘yinchi jamoamiz uchun juda kerakli. Uni ham klubimiz bilan amaldagi shartnomasi bor. Biz uni hech qayerga qo‘yib yuborish niyatimiz yo‘q", - dedi "Nasaf ustozi.

Manba: fcnasaf.uz
Kiritildi: 04:54, 01.07.2017.
O'qildi: 4457 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.