Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/11 05:00 Urugvay - Kolumbiya
14/11 05:00 Peru - Chili
14/11 14:10 Avstraliya 0-0 Saudiya Arabistoni
14/11 17:00 KXDR 2-3 Eron
14/11 19:00 Bahrayn 0-1 Xitoy
14/11 19:00 Kuvayt 1-3 Janubiy Koreya
14/11 21:00 Ummon 0-0 Falastin
14/11 21:15 Iroq 0-0 Iordaniya
14/11 21:15 Qatar 1-0 O‘zbekiston
14/11 21:15 BAA 1-0 Qirg‘iziston
15/11 02:00 Venesuela - Braziliya
15/11 04:30 Paragvay - Argentina
15/11 05:00 Ekvador - Boliviya
15/11 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Modrich qamaladimi? U qanday mojaroga o‘ralashib qoldi?

Modrich qamaladimi? U qanday mojaroga o‘ralashib qoldi?

Baho:
+ | -

Madridning «Real» klubi yulduzi yirik muammoga duch kelmoqda - Luka o‘z yurti Xorvatiyada sudlanishi va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Xo‘sh, tashqi qiyofasi bilan sermulohaza yigitdek tasavvur uyg‘otadigan Modrich qanday chigallikka o‘ralashib qoldi? Bombardir.ru saytining quyidagi maqolasi aynan mittigina xorvat atrofidagi voqealar haqida.

Modrichni nimada ayblashmoqda?

Luka Modrich yolg‘on guvohlik berishga bog‘liq jinoyat yuzasidan shubha ostiga olindi va ayni payt tegishli joylarda tegishli savollarga javob bermoqda. Xullas, «Madrid» futbolchisining ishi tergovga oshirilgan. Oddiy va sodda ifoda etsak, Xorvatiya milliy jamoasi yetakchilaridan biri sud muhokamasida Zagrebning «Dinamo» klubi sobiq prezidenti Zdravko Mamich zarariga go‘yoki, yolg‘on ko‘rsatma bergan ekan.

Mamichning o‘zi kim?

Gap Xorvatiyadagi juda mashhur shaxslardan biri haqida ketmoqda. Mamich nafaqat futbol olami, balki umumiy miqyosda ham taniqli. Deylik, u yoshligida Bad Blue Boys fanatlar guruhi tarkibida bo‘lgan, keyinchalik dongdor murabbiy Miroslav Blajevich bilan tanishish asnosida «Dinamo» klubi tizimidan joy olgan. Mamich  2003 yilga kelib, Zagreb jamoasida asosiy shaxsga aylandi. Uning ortda qolgan muddat ichida klub bosh murabbiyini 15 martadan ko‘p iste’foga chiqarganini aytish o‘rinli. Mamich shuning barobarida bir necha marta turli sabab-jinoyatlar o‘laroq, panjara ortiga ravona bo‘lgan. Ya’ni bir qarasangiz, Xorvatiya sport vazirini haqoratlagan, boshqa safar jurnalistlarga tashlangan... Misol uchun, Mimich bir gal «Xayduk»ning sobiq futbolchisi bilan tribunaning o‘zida mushtlashgandi. Qolaversa, qonunga zid turli-tuman moliyaviy sxemalari sabab ham, «qora kursi»dan joy olishiga to‘g‘ri kelgan. Umuman, mamlakatda uni hukumat mablag‘i o‘g‘risi sifatida ham «ta’riflashadi». Chunonchi, gumon qilinishicha, u Yugoslaviya bilan dahshatli urush vaqti 14 million kun (Xorvatiya pul birligi)ni o‘zlashtirgan emish. Eng asosiysi, Mamich hozirgi hukumatning oppozisiyachisidir.

Mamichga bu safar qanday ayblov qo‘yilgan?

Sobiq futbol funsioneri naq 15 million yevro (boshqa ma’lumotlarga ko‘ra, 20 mln.) miqdoridagi mablag‘ni behuda sarflagan emish. U shuningdek, 1,5 million yevroga teng soliq to‘lovini yashirganlikda ayblanmoqda. Mamichning tarjimai holidan kelib chiqib aytsak, bu kabi jinoyatlar uning uchun yangilik emas.

Modrichning nima daxli bor?

Gap shundaki, Luka bundan bir necha kun oldin sud muhokamasida qatnashdi va Mamichga qarshi ko‘rsatma berdi. Futbolchi xususan, sobiq prezidentga 2008 yili amalga oshirilgan o‘z transferini eslatdi. Modrich o‘shanda «Dinamo»dan «Tottenxem»ga o‘tgandi. «O‘ylashimcha, «Dinamo» klubi «Tottenxem»ga o‘tishim ortidan 21 yoki 23 million yevro olgan,-dedi futbolchi. - Shuncha mablag‘ning ma’lum qismi «Dinamo» bilan tuzgan shartnomam bo‘yicha menga berilishi kerak. Mamich shu summani ikkiga bo‘lishni so‘ragach, bunga ko‘ndim. Xullas, bankdan pulni olib, ularni Mamichning ukasi va o‘g‘liga berdim».

Modrichning ko‘rsatmasiga munosabat

Xorvatiya futbolida Mamich atrofida juda og‘ir vaziyat yuzaga kelgan. Hattoki, Zagreb «Dinamo»si fanatlari ham unga qarshi chiqishmoqda. Zero, ular Mamichning balandparvoz gaplaridan shunchaki, bezishgan. Deylik, butun Xorvatiya futbolini yuqoriga ko‘targani xususidagi gaplaridan. Qolaversa, u  Xorvatiya chempionatidagi asosiy qoidalarni belgilashga o‘rgangan, albatta, bunda aynan «Dinamo» manfaatlari birinchi o‘rinda turadi. Klubning naq 11 marta ketma-ket ravishda chempion bo‘lgani bejiz emas. Umuman, «Dinamo»ning bu seriyasi joriy yil «Riyeka» tomonidan to‘xtatildi. Aytish o‘rinli, zagrebliklar Mamichdan qanchalik norozi bo‘lishsada, Modrichning ko‘rsatmasidan juda-juda g‘azablanishdi. Xususan, unga «Mamich bankomati» yorlig‘i yopishtirildi. Fanatlar bu iborani shunchaki emas, balki g‘azabnok holda ifoda etishyapti. Shuningdek, ayrimlar futbolchini qo‘pol tarzda haqoratlashdan ham tiyilmayaptilar: «Mamich ermagi», «Mamich o‘yinchog‘i». Bularning hammasi mavjud vaziyat va futbolchiga nisbatan munosabat dahshatli ko‘rinishini ta’minlamoqda.

Qamoq jazosi xavfi kattami?

Ha, agarda ayblov tasdiqlanib, Modrichning yolg‘on ko‘rsatma bergani isbotlansa. Ta’kidlanishicha, bu borada hech qanday kelishuv bo‘lgan emas. Umuman, Modrichning yolg‘on gapirgani o‘z tasdig‘ini topsa, u Xorvatiya qonunchiligiga asosan panjara ortiga yo‘l olishi shart. Bunday qonunbuzarlikka nisbatan belgilangan muddat - 6 oydan 5 yilgacha.

Oldin ham shunaqasi kuzatilganmi?

Bundan 3 yilcha oldin «Shaxtyor» va «Arsenal» klublari sobiq hujumchisi Eduardu da Silva (u avvalgi o‘n yillikning boshida Zagreb «Dinamo»si sharafini himoya qilgandi) Mimich bilan sudlashib ko‘rdi. O‘shanda ham bugungiga o‘xshash holat yuzaga kelgandi. Ya’ni asli braziliyalik va keyinchalik Xorvatiya fuqaroligini qabul qilgan futbolchi klub bilan tuzilgan shartnomasiga muvofiq, 20 foiz daromadini shaxsan Mamichga ajratishidan noligandi. «Shartnomaga imzo chekayotgan payt uning barcha nozik tomonlarini bilgan emasman,-deya tan olgandi futbolchi. - Keyinchalik uning ichiga kirib borib, 20 foizli ulush mohiyatini sira tushunmadim. Umuman, bu masalani ziqnaligim tufayli emas, balki adolat tantanasini xohlashim tufayli ko‘tardim». O‘shanda Eduarduning yolg‘on gapirayotgani aytilgan bo‘lsada, u sudda g‘olib chiqqandi. Yakunda futbolchi va klub o‘rtasidagi shartnoma haqqoniy emasligi tasdiqlangan. Shuning barobarida FIFA o‘yinchiga yordam bermagandi. Ya’ni faqat Xorvatiya sudi Eduardu foydasiga qaror chiqargandi, xolos. Modrichga ham sudda g‘alaba qozonish nasib etarmikan? Axir aks holda...

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 11:26, 01.07.2017.
O'qildi: 8128 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.