«Lion» hujumchisi Aleksandr Lyakazett tez orada «Arsenal»ga o‘tadi.
L'Equipe xabariga ko‘ra, tomonlar 26 yoshli futbolchining transferi bo‘yicha yakuniy ishlarni rasmiylashtirmoqda. Futbolchining «to‘quvchilar» bilan imzolagan shartnomasi yana ikki yil amal qilardi, ammo u jamoani tark etishni xohladi.
Avvalroq, londonliklar Lyakazett uchun 44 mln funt bermoqchi ekani haqida xabarlar chiqqan edi. Futbolchi avvalgi mavsumda 45 o‘yinda maydonga tushib, 37ta gol urgan.