Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Kazemiro APLning so‘nggi turidan keyin yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi

Kazemiro APLning so‘nggi turidan keyin yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi

Baho:
+ | -

Yarim himoyachi Kazemiro «Manchester Yunayted» bilan shartnomasi yakunlanganidan so‘ng «Inter Mayami»ga o‘tmoqchi, deya xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.

Manbaning ma’lumotlariga ko‘ra, 34 yoshli braziliyalik futbolchi APLning so‘nggi — 38-turidan o‘rin olgan «Brayton»ga qarshi o‘yindan keyin Amerika klubi bilan shartnoma imzolash niyatida. Ushbu uchrashuv 24 may kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

Kazemiro Manchester klubi sharafini 2022 yildan beri himoya qilib kelmoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha turnirlarda 35 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Manchester Yunayted» bilan amaldagi bitimi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining transfer bahosini 8 million yevroga baholamoqda.

Kazemiro faoliyati davomida avvalroq «Real», «Portu» va «San-Paulu» klublarida ham to‘p surgan.

Kiritildi: 06:01, 21.05.2026.
O'qildi: 418 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик