“Monako” ustozi Leonardo Jardim jamoasini futbolchilar tark etayotgani haqida gapirdi.
“Ko‘plab futbolchilar klubni tark etishdi. Ammo bu hech narsani o‘zgartirmaydi, biz sovrin yutishga harakat qilamiz, maqsadimiz bitta — g‘alaba”, deydi murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Bernardu Silva “Manchester Siti”ga, Valer Jarmen “Marsel”ga, Nabil Dirar esa “Fenerbaxche”ga o‘tdi.