Kirish Ro'yxatdan o'tish

Rafinya kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Rafinya kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi

Baho:
+2 | -

«Barselona» vingeri Rafinya Saudiya Arabistoni klublaridan bo‘layotgan qiziqishlar fonida o‘z kelajagi borasida bir qarorga keldi.

Marca nashri bergan xabarga ko‘ra, bugungi kunda Rafinya klubni tark etish niyatida emas. Braziliyalik futbolchi kamida shu yozda «Barselona»dan ketmoqchi emas va klub rahbariyati uning bu pozisiyasidan xabardor. Kataloniya klubi esa bu masalada shoshilmoqchi emas — «ko‘k-anorranglilar» vaziyatni faqat Rafinya bo‘yicha rasmiy taklif tushgandan keyingina tahlil qilib ko‘radilar.

29 yoshli Rafinyaning transfer qiymati Transfermarkt portali tomonidan 80 million yevroga baholanmoqda. Joriy mavsumda braziliyalik futbolchi 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 18:22, 04.05.2026.
O'qildi: 12893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик