Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Modrich yana Xorvatiya sudiga chaqirildi, u 5 yilga qamalishi mumkin

Modrich yana Xorvatiya sudiga chaqirildi, u 5 yilga qamalishi mumkin

Baho:
+ | -

«Real» yarimhimoyachisi Luka Modrich yana Xorvatiya sudida ko‘rsatma berdi.

Avvalroq, u «Dinamo Zagreb» klubining sobiq xo‘jayini Zdravko Mamichning moliyaviy firibgarlik ishi bo‘yicha ham sudda ko‘rsatma bergan edi. Biroq, prokuratura futbolchini yolg‘on gapirganlikda aybladi va takroran sudga chaqirdi.

«Men xuddi avvalgidek, o‘zimni himoya qilish va haqiqatni aytish uchun keldim. Vijdonim pok. Ishonchim komil, mening gaplarim haqiqat ekani va hech qanday qonunni buzmaganim isbotlanadi» - dedi Modrich AFP xabarida.

Ayni paytda Zdravko Mamich «Dinamo» futbolchilarining xorijiy klublarga sotilishi jarayonida 15 mln yevro mablag‘ni noqonuniy o‘zlashtirib, 1,5 mln yevro miqdoridagi soliqni to‘lamaganlikda ayblanmoqda. Mish-mishlarga ko‘ra, Modrich ham «Tottenhem»ga transfer qilinganida ma’lum miqdordagi mablag‘ni olgan va buni deklarasiyaga kiritmagan. Agar Modrichning aybi isbotlansa, unga 5 yilgacha qamoq jazosi tahdid soladi.

Ma’lumki, Modrich 2008 yilda «Dniamo»dan «Tottenhem»ga o‘tgan edi. 2012 yildan boshlab esa «Real»da o‘ynamoqda.

Manba: sport-express.ru
Kiritildi: 19:30, 05.07.2017.
O'qildi: 7675 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик