Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

"Bunyodkor" FK 12 yoshga to‘ldi

"Bunyodkor" FK 12 yoshga to‘ldi

Baho:
+ | -

Bugun “Bunyodkor” futbol klubi tashkil etilganiga roppa-rosa 12 yil to‘ldi.

Klub 2005 yilning 6 iyul sanasida tashkil topgan. O‘shanda “Quruvchi” nomi ostida faoliyat yurita boshlagan jamoa xavaskorlar o‘rtasidagi Toshkent shahar chempionati orqali birinchi ligaga yo‘llanma beruvchi o‘tish turnirining final bosqichida ishtirok etgan. Musobaqa yakuniga ko‘ra, “Quruvchi” birinchi ligaga berilgan yo‘llanmalarning birini qo‘lga kiritgan.

2006 yil birinchi liga bahslari yakunlariga ko‘ra, “Quruvchi” (38 uchrashuv, 27 g‘alaba, 5 durang va 6 mag‘lubiya bilan) oliy ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Oliy ligadagi debyut mavsumdayoq “Quruvchi” ichki musobaqalarda bir necha yangi rekordlar o‘rnatdi. Mamlakat grandlari bilan uchrashuvlarda eng ko‘p gol urish, eng kam gol o‘tkazish, eng ko‘p ochko jamg‘arish kabi ko‘rsatkichlarda yangi sahifalar ochildi. Qolaversa, debyutant jamoa vakili Ilhom Mo‘minjonov mavsum yakunida chempionatning eng yaxshi to‘purari nomiga sazovor bo‘ldi.

2008 yilning 3 avgustidan boshlab jamoa nomi “Quruvchi”dan “Bunyodkor”ga o‘zgartirildi. Qisqa fursat ichida “Bunyodkor” besh karra mamlakat chempioni, uch karra vise-chempion, mamlakat kubogining to‘rt karra sohibi, O‘zbekiston superkubogi egasiga aylandi. “Bunyodkor” qit’amizning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi – Osiyo Chempionlar ligasida ikki marta yarim finalga qadar yetib bordi. 2008 yilda “Bunyodkor” futbolchisi Server Jeparov Osiyoning eng yaxshi futbolchisi, deb tan olindi. Qit’amiz futbolining eng nufuzli tashkiloti – OFK 2015 yil yakunlariga ko‘ra, “Bunyodkor” FK xizmatlarini yana bir bor e’tirof etdi. Mavsum yakunida aniqlangan Osiyoning eng yaxshi yosh futbolchisi nominasiyasining yakuniy uchlik ro‘yxatini to‘liq “qaldirg‘ochlar” to‘ldirishdi va yakunda g‘oliblik Dostonbek Hamdamovga nasib etdi. O‘tgan vaqt mobaynida “Bunyodkor” brendi nafaqat Osiyoda, balki butun dunyo bo‘ylab keng tarqaldi.

Xududimizda yagona, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan va barcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Bunyodkor” stadionida barpo etildi. Klub qoshidagi futbol maktabi kun sa’yin yangi-yangi marralarni ko‘zlagan holda faoliyat yuritmoqda. “Bunyodkor” tarbiyalanuvchilari turli yoshdagi O‘zbekiston terma jamoalarida harakat qilishmoqda.

Faoliyati davomida “Bunyodkor” bilan bog‘liq bo‘lgan barcha insonlarni – murabbiylar, futbolchilar, muxlislar, ishchi xodimlar, homiylar va boshqalarni chin dildan muborakbod etamiz. Ishonamizki, jamoamiz hali yangidan-yangi marralarni zabt etib, muxlislarga yorqin g‘alabalarni taqdim qiladi.

Manba: fcbunyodkor.com
Kiritildi: 11:08, 06.07.2017.
O'qildi: 4099 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.