Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Eldor Shomurodov «Krasnodar»ga o‘tishga yaqin turibdi

Eldor Shomurodov «Krasnodar»ga o‘tishga yaqin turibdi

Baho:
+1 | -

Toshkentning «Bunyodkor» va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov «Krasnodar»ga o‘tishi mumkin. Krasnodarliklar safini Fyodor Smolov tark etadigan bo‘lsa, uning o‘rnini 22 yoshli o‘zbek futbolchisi to‘ldiradi.

«Shomurodov – o‘zbek futbolidagi asosiy iqtidorlardan biri. O‘zbekistonda uning yuksak kelajagiga ishonishmoqda. U tez o‘sib bormoqda va yulduz darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Shomurodovning «Krasnodar»ga o‘tishidan barcha tomonlar manfaatdor. Hozirda transferning detallari muhokama qilinmoqda. Hozirda Eldor krasnodarliklar safiga qo‘shilishga yaqin turibdi. Gap to‘laqonli transfer haqida ketmoqda», – dedi "Krasnodar" vakili.

Shumurodovning xizmatlariga avvalroq «Rubin» va «Zenit» qiziqish bildirgandi. Ular keyinchalik sotib olish sharti bilan hujumchini ijaraga olishni rejalashtirishgandi. Ammo «Bunyodkor» rahbariyatini ijara varianti qanoatlantirmadi. Shu bois, bu klublar bilan muzokaralar to‘xtab qoldi.

— «Zenit» va «Rubin» 2016/2017 mavsumning qishida Shomurodovni ijaraga olishni istagandi, — deya xabar berdi o‘zbek futbolidagi manba «Izvestiya» nashriga. — Peterburgliklar ham, qozonliklar ham futbolchiga maosh to‘lashga tayyor edi, ammo ular o‘yinchining ijarasi uchun haq to‘lashni istashmadi. Bu esa «Bunyodkor» rahbariyatini qoniqtirmadi. Shomurodovning o‘zi ham to‘laqonli shartnoma imzolashni istaydi.

Manba: iz.ru
Kiritildi: 09:43, 07.07.2017.
O'qildi: 11540 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик