Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Malavida futbol o‘yini fojiaga aylandi

Malavida futbol o‘yini fojiaga aylandi

Baho:
+ | -

Kecha, 6 iyul kuni Malavining mustaqilligiga 53 yil to‘lgani munosabati bilan o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan yuz bergan tiqilinch oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi.
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, 40 ming kishi sig‘adigan “Bignu” stadionida mahalliy “Niyasa Big Bullets” va “Silver Straykers” jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgandi. Tashrif buyurgan muxlislarning ko‘pligi tufayli kirish yo‘lagida tiqilinch holati yuzaga kelgan.
 
Buning natijasida 8 kishi halok bo‘ldi, jumladan, ularning 7 nafari 5 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar. Bundan tashqari yana 10 kishi jiddiy jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan. Mahalliy polisiyaning ta’kidlashicha, halok bo‘lganlar soni yana ortishi mumkin.
 
Halokat sodir bo‘lganiga qaramay, rejalashtirilgan uchrashuv o‘tkazildi, unda “Niyasa Big Bullets” jamoasi raqibi “Silver Straykers”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
 
Malavi prezidenti Piter Mutarika halok bo‘lganlar oila a’zolariga chuqur hamdarligini bildirib, hukumat tomonidan ularga moddiy yordam ajratishini tasdiqladi.

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 10:50, 07.07.2017.
O'qildi: 8169 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.