Toshkentning “Lokomotiv” jamoasi 11-21 iyul kunlari Belorussiya poytaxti Minsk shahrida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazadi.
Ilgari “Obod” jamoasi safida harakat qilgan yosh hujumchi Idris Bikmaykin “Lokomotiv” bilan birgalikda Minskka yo‘l oladi. U yerda jamoamiz murabbiylar shtabi ushbu iqtidorli futbolchining harakatlarini kuzatish imkoniga ega bo‘lishadi.
Agar 21 yoshli Bikmaykin o‘zidan ijobiy taassurot qoldira olsa, u ikkinchi davrani mamlakatimiz chempioni tarkibida o‘tkazadi.