«Lasio» hujumchisi Balde Keytaning «Yuventus»ga o‘tishi haqida qarama-qarshi fikrlar aytilmoqda.
«Yuventus» klubining sobiq rahbari, korrupsiya mojarosi tufayli umrbod futboldan chetlatilgan Luchano Moji Keytaning turinliklar safiga o‘tgani haqida gapirdi.
«Keyta «Yuventus» bilan shartnoma imzoladi. Bu hal bo‘lgan ish», — dedi Moji.
Biroq, 22 yoshli senegallikning agenti Roberto Kalenda bu gaplarni inkor qildi.
«Bizga faqat Moji yetmay turuvdi. Har xil gaplarni to‘qimanglar» - deb yozdi u tvitter sahifasida.