Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

“Manchester Yunayted”ning ishongan tog‘i nega quladi?

“Manchester Yunayted”ning ishongan tog‘i nega quladi?

Baho:
+-1 | -

Yangi yil kechasi Italiya ko‘chalarida sayrga chiqish xavfli. Soat o‘n ikkiga bong urganida irimchi italiyaliklar xonadonlarida bor eski-tuskini ko‘chaga uloqtiradi. Irimiga ko‘ra, shunday yo‘l tutsa, yangisining sohibiga aylanadi. “Manchester Yunayted” deyish kerakmi yoki Mourino, xullas, har ikkisi xuddi shu tarzda hujumchi Ueyn Runiga chiqish eshiklarini ko‘rsatib, futbolchidan voz kechdi. Inglizchasiga aytganda, eng uzun kunning ham oxiri bor.

O‘sha kun kelganida “tenggi chiqsa, tekin ber” qabilida ish tutdi “Yunayted”. Xo‘sh, Runi jamoada nimalar topdi? Nimalar yo‘qotdi? U – yulduz bo‘ldi. Afsona emas. U – yarimhimoyachi bo‘ldi. Hujumchi emas. U “Everton” muxlisi bo‘ldi. “Manchester Yunayted”ning emas. To‘g‘risi, uning gollarni qalashtirib tashlaganini eslolmayman. Premer liga to‘purariga atalgan haykalchani qo‘liga ushlamagani ham fakt. So‘nggi ikki mavsumda esa o‘zini ancha “oldirib qo‘ydi”. Uqubatga mubtalo bo‘ldi. Ueyn uy muzeyini to‘ldirdi. Trofeylar yutdi. Biroq karerasining hayot-mamot masalasida baribir mag‘lubiyatga uchradi. Kerakli yukning og‘iri yo‘q, deyishadi. Runidan shunday “kerakli yuk” chiqmadi. Po‘lat pichoq qinsiz qolmasligi tayin. Ko‘chada qolgani yo‘q. Yo‘lini topib ketdi. Ammo baribir klubni qanday tark etgani muhim. Afsuski, “Yunayted”dagi o‘rnini yo‘qotib, tarkibga sig‘maganida unga bag‘rini ochadigan jamoaga ravona bo‘ldi. Ehtimol, eskining o‘rnini yangi egallaydi, bu hayot qonuni, fojea yasash shart emas, deb hisoblarsiz. Ha, bu borada siz haqsiz. Inkor etmayman. Lekin forvardning yo‘rig‘i boshqacha bo‘ldi. Tamomila o‘zgacha. Uning o‘rni, uning nuqtasi boshqalarga ishonib topshirildi. Hujumchi yarimhimoya bilan cheklandi xolos.

“Dunyodagi eng zo‘r futbolchi bo‘laman, deyishdan yiroqman. Taxminan Ueyn Runi darajasida o‘ynayman”, dedi Useyn Bolt kuni kecha. Qarang, o‘ttizni qoralab qo‘ygan atlet shunday fikrni aytishga jazm etdi. Futbolni ichida emas, uni tashqarasida yurgan, qo‘pol aytganda, professioanl futbolning “f” harfini ham bilmaydigan yengil atletikachi bir dumalab Runi darajasidagi o‘yinchiga aylanishga da’vo qilsa! Buni qanday tushunish mumkin?

Davomi

Manba: mazmun.uz
Kiritildi: 11:16, 15.07.2017.
O'qildi: 10825 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.