Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/12 00:45 Milan 1-1 Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche
31/12 00:45 Bolonya - Verona
31/12 00:45 Ipsvich - Chelsi
31/12 00:45 Aston Villa - Brayton
31/12 01:00 Man. Yunayted - Nyukasl

Nyushaning eng yoqimtoy futbolchisi kim?

Nyushaning eng yoqimtoy futbolchisi kim?

Baho:
+ | -

Rossiyalik taniqli xonanda Nyusha  2018 yili bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatining elchisi hisoblanadi. Konfederasiyalar kubogidan so‘ng rossiyalik jurnalistlar qo‘shiqchi bilan suhbat uyushtirishdi.

- Qanday qilib JCH-2018 elchisiga aylandingiz?

- Menga tashkiliy qo‘mita taklif bilan chiqdi. Vazifalarimni tushuntirishganida, men uchun qiziq tuyuldi va rozi bo‘ldim.

- Elchining ishi nimalardan iborat?

- O‘z muxlislarimni jahon chempionati tayyorgarliklari borasida xabardor qilib turaman. Konfederasiyalar kubogidagi taassurotlarim bilan o‘rtoqlashaman, volontyorlar bilan uchrashaman va futbol darslarini beraman.

- Siz Moskvada tug‘ilgan bo‘lsangizda, Qozon shahri elchisi hisoblanasiz. Nima uchun?

- Menimcha, qaysi shahardan elchi bo‘lishingiz ahamiyatli emas. Muhimi, uning faol ishlashida. Bundan tashqari, Qozonda Universiada-2013ning yopilish marosimida ishtirok etganman, suv sporti bo‘yicha jahon chempionati elchisi bo‘lganman. Shunday ekan, Qozon bilan meni ko‘p narsa bog‘lab turadi.

- Intervyularingizning birida, elchining ishi «JCH-2018da hammasi yaxshi bo‘ladi», deb turish degandingiz. Konfederasiyalar kubogi qanchalik yaxshi o‘tdi?

- Rossiya-YAngi Zelandiya o‘yinida ilk bora futbolga tashrif buyurdim. Muxlislarimiz terma jamoamizni qay tarzda qo‘llashgani menga ma’qul keldi. Hammasi yorqin va chiroyli bo‘ldi. Turnirning ochilish marosimi ko‘ngildagidek o‘tdi. Chet ellik mehmonlar ham qoniqish hosil qilishdi.

- Ularning qay biri taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi?

- Mehmonlar bilan muloqot qilishga ulgurmadim. Avvaliga ochilish marosimida ishtirok etdim. Keyin esa o‘yinga berilib ketdim. Germaniya-CHili uchrashuvidan so‘ng Man of the match sovrinini Aleksis Sanchesga topshirdim.

- 2016 yili futbol qoidalarini o‘rganishingiz kerakligini aytgandingiz. Hozir «ofsayd» nimaligini bilasizmi?

- Ha, o‘qiyapman va «ofsayd» nimaligini bilaman. Hali ayrim terminlarni o‘rganishim kerak. Ammo futbol o‘yinlarini sharhlashga tayyorman.

- Qoidalarni sizga kim va qanday tushuntiradi?

- O‘yinlarni qallig‘im bilan tomosha qildim. U menga ko‘p narsalarni o‘rgatdi. Konfederasiyalar kubogining ochilish marosimida Sergey Lazarev va DJ Smash bilan gaplashdim. Ular ham ko‘p narsadan boxabar qilishdi.

- Sizningcha, eng yoqimtoy futbolchi kim?

- Bu haqda o‘ylamayman ham. Ronaldu yoki Bekxemni aytishim mumkin. Men uchun futbolchilar yaxshi ko‘rinishlari emas, yaxshi o‘ynashlari muhimroq.

- Rossiya terma jamoasi haqidagi fikringiz qanday?

- Jamoaning Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yinini tomosha qildim. Vakillarimiz yomon harakat qilishmadi. Bunday o‘yinga birinchi bor tashrif buyurganim uchun yigitlar yaxshi ko‘rinishdi.

- Sportdagi urinish haqida sing­lingiz  - Olimpiya chempioni Mariya Shurochkinadan bilib oldingizmi?

- U Rio-de-Janeyroda oltin medalni qo‘lga kiritganida yonida edim. Taqdirlashdan keyin tribunaga tushdim va birga suratga tushdik. U ehtirosga rosa berilgandi va «Shunday lahzalar yillar davomidagi mashg‘u-lotlarni esdan chiqaradi»,de­gandi.

- Sinxron suzishda Rossiya XXI asrda yetakchiga aylanib olgan. Vaholanki, bu sport turiga futbolga nisbatan ancha kam pul sarflanadi. Biroq Rossiya futbol sohasida hali hech nima yutolmadi. Bu sizga g‘alati tuyulmayaptimi?

- Albatta, futbolda ham yuqori marralarni zabt etishlarini istaymiz. Menimcha, buning uchun bolalar sportiga ko‘proq ahamiyat berish kerak. Haqiqatan ham sinxron suzishga futbolga nisbatan e’tibor juda kam.

Siz Konfederasiyalar kubogi ochilish marosimida qatnashdingiz. Stadion atigi 15 foizga to‘lgani ajablantirmadimi?

- Aftidan, muxlislarni yaxshi xabardor qilishmagan. Odamlar kech kelganlaridan shunday xulosaga bordim.

- Ochilish marosimida Alsuning yiqilgani yaxshilikkadir?! Uning ahvoli yaxshimi?

- Nimadir ko‘ngildagidek bo‘lmadi. Xayriyatki, jiddiy jarohat olmadi.

- Rossiya-Portugaliya uchrashuvidan so‘ng Vladimir Putin bilan uchrashdingizmi?

- Ha. U mendan futbolga qiziqishim haqida so‘radi. Bu sport turini qo‘llab-quvvatlashimni aytdim. Shuning­dek, mamlakat prezidenti bilan suratga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldim. Balki bu hayotimdagi yagona imkoniyatdir. Shu bois ham Putindan birga suratga tushishni so‘radim. Prezident rad javobini bermadi. Oldin singlimda shunday surat bor edi. Endi menda ham bor.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 02:49, 16.07.2017.
O'qildi: 16784 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.