Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon 2-0 Mash’al
19/03 18:15 Buxoro 3-1 Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli
21/03 00:45 Jenoa - Udineze
21/03 01:00 Bornmut - Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal - Real Sosyedad
21/03 17:30 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

O‘zbekiston dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida birinchi o‘rinni egalladi

Baho:
+ | -

13-16 iyul kunlari Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahri dzyudo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Musobaqaning dastlabki ikki kunida qit’a chempionati yoshlar o‘rtasida tashkil etildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Hamyurtlarimiz yakunda 3 tadan oltin va kumush hamda 6 ta bronza medaliga ega chiqib, jami 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida faxrli birinchi o‘rinni band etishdi.

Janubiy Koreya terma jamoasi a’zolari 3 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsalar, Qozog‘iston termasi 2 ta oltin, 6 ta kumush va 7 ta bronza medallari bilan kuchli uchlikni yakunlab berdi.

15-16 iyunl kunlari endi o‘smir sportchilar qit’a chempionatida tatamiga chiqishdi. O‘zbekiston terma jamoasi ushbu yosh toifasida ham samarali ishtirok etdi. Terma jamoamiz a’zolari o‘smirlar o‘rtasidagi musobaqada jami 10 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Ularning 2 tasi oltin, 5 tasi kumush va 3 tasi bronza medallaridir. Ammo ushbu natija O‘zbekiston terma jamoasiga umumjamoa hisobida kuchli uchlikka kirish uchun yetarli bo‘lmadi.

Dzyudo vatani hisoblangan Yaponiya termasi 5 ta oltin va 6 ta bronza medallari bilan birinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Janubiy Koreya terma jamoasi a’zolari 3 tadan oltin va kumush hamda 2 ta bronza medali bilan ikkinchi o‘rindan joy olishdi. Qo‘shnilarimiz – qozog‘istonlik dzyudochilar esa 3 ta oltin, 1 ta kumush va 5 ta bronza bilan uchinchi o‘ringa loyiq ko‘rilishdi. Natijada O‘zbekiston terma jamoasi ana shu uchta terma jamoadan so‘ng to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Eng asosiysi, har ikkala yosh toifasida terma jamoamiz a’zolari Osiyo chempionatida umumiy 22 ta medalga sazovor bo‘lishdi. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda bir qator iste’dodli dzyudochilar kamol topayotganidan darak beradi. Bugun Bishkek tatamilarida kurash olib borgan yosh sportchilarimiz nasib qilsa, yaqin kelajakda milliy terma jamoamiz safida jahonning eng yirik sport arenalarida, jahon va qit’a chempionatlari, Olimpiya va Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilishadi. Demak, sportning ushbu turida yurtimizda mavjud bo‘lgan mustahkam an’analar xali uzoq yillar davom etadi. Zero o‘zbek dzyudosining kelajagi ishonchli qo‘llarda.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:18, 17.07.2017.
O'qildi: 4423 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.