«Sho‘rtan» 21-29 iyul kunlari ikkinchi davraga tayyorgarlikni Toshkentda davom ettiradi.
Unda jamoa 4ta nazorat uchrashuvini o‘tkazishni rejalashtirgan. G‘uzorliklar 22 iyul kuni Toshkentning “NBU-Osiyo”, 26 iyul kuni esa Jizzahning “Sug‘diyona”siga qarshi maydonga tushadi. Qolgan ikkita o‘rtoqlik, sinov o‘yinlaridagi raqiblar va muddatiga hozircha aniqlik kiritilmoqda.