Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Monako» Mbappe bilan muzokara o‘tkazgan klublar ustidan shikoyat qiladi

«Monako» Mbappe bilan muzokara o‘tkazgan klublar ustidan shikoyat qiladi

Baho:
+ | -

«Monako» klubi hujumchi Kilian Mbappe to‘g‘risida rasmiy bayonot berdi.

«Klub afsuslar bilan shuni ma’lum qiladiki, ba’zi jamoalar Kilian Mbappe va uning vakillari bilan hech qanday ruxsatsiz aloqa qilgan.

«Monako» klubi bu harakatlarni Fransiya futbol ligasi va FIFA qoidalariga zid ekanini ma’lum qiladi. Unga ko‘ra, uzoq muddatli shartnomaga ega futbolchilar bilan klubining ruxsatisiz muzokara o‘tkazish mumkin emas.

Bunday holatga chek qo‘yish maqsadida, «Monako» qoidabuzarlar ustidan Fransiya futbol ligasi va FIFAga arz qilishni rejalashtirmoqda» - deyiladi bayonotda.

Sky Sports jurnalisti Brayan Suonson xabariga ko‘ra, bu klublar - «Manchester Siti» va «PSJ».

 

Manba: sports.ru
Kiritildi: 21:14, 20.07.2017.
O'qildi: 6743 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик