Portugaliya va Nigeriya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi yakunlandi. Bellashuv Portugaliyaning Leyriya shahridagi «Magalyaynsh Pesoa» stadionida bo‘lib o‘tdi. Maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisobni Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Pedru Netu 23-daqiqada ochdi. Nigeriyalik forvard Akor Adams 37-daqiqada muvozanatni tikladi. 75-daqiqada esa Shiku Konseysau maydon egalarini yana oldinga olib chiqdi va g‘alaba goliga mualliflik qildi.
O‘yinni asosiy tarkibda boshlab, 64-daqiqagacha maydonda harakat qilgan Krishtianu Ronaldu birinchi bo‘limda bir qancha vaziyatlarni golga aylantira olmadi.
Portugaliya terma jamoasi 2026 yilgi jahon chempionatida ishtirok etadi. Mundialda portugallar O‘zbekiston, Kolumbiya va Kongo Demokratik Respublikasi bilan bir guruhdan o‘rin olgan.
O‘rtoqlik uchrashuvi
10 iyun, chorshanba
Portugaliya — Nigeriya — 2:1
Gollar: Pedru Netu, 23 (1:0), Akor Adams, 37 (1:1), Shiku Konseysau, 75 (2:1).













