Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano 3-3 Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa 0-2 Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

«Chelsi» futbolchisining qilig‘i uchun Xitoy xalqidan uzr so‘radi

«Chelsi» futbolchisining qilig‘i uchun Xitoy xalqidan uzr so‘radi

Baho:
+ | -

«Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Robert Kenedining qilig‘i uchun Xitoy xalqidan uzr so‘radi.

The Telegraph xabariga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi jamoasi bilan Xitoyga tashrif buyurganida, ish joyida uxlab qolgan xitoylik qo‘riqchi fotosuratini instagramga joylashtirib, irqiy kamsituvchi ruhdagi gaplarni yozgan. Shundan so‘ng, «Arsenal»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik uchrashuvi vaqtida mahalliy muxlislarning hushtakbozligiga uchragan.

«Chelsi» futbol klubi Xitoy xalqidan futbolchining ijtimoiy tarmoqdagi haqoratomuz posti uchun rasman uzr so‘radi.

«22 iyul kuni klub xitoylik muxlislar tomonidan iliq va do‘stona qarshi olindi. Ammo biz yosh futbolchilarimizdan biri Kenedining ijtimoiy tarmoqdagi postidan hayronmiz, u bu ishi orqali xitoyliklarning tuyg‘ularini haqoratlagan.

Futbolchimiz bu postini tezda o‘chirgan va uzr so‘ragan bo‘lsada, afsuski, ijtimoiy tarmoqlarda bu hodisa keng tarqalib ketdi. «Chelsi» bu holat uchun uzr so‘raydi. Kenedining harakati xato edi, uning harakati butun jamoa futbolchilari yoki klubning pozisiyasini bildirmaydi. Kenediga qat’iy tanbeh berildi», — deyilgan londonliklar klubi rasmiy saytidagi ingliz va xitoy tillarida keltirilgan murojaatda.

Bu holat yuzasidan Kenedining o‘zi ham uzr so‘ragan.

«Men xitoyliklardan uzr so‘ramoqchiman. Kimnidir kamsitish yoki xafa qilish niyatida bo‘lmaganman, ammo bu hazilni boshqacha tushunishdi. Aytishni istardimki, xitoyliklar va bu mamlakatni chuqur hurmat qilaman. Men shuningdek, «Chelsi»dan va jamoadoshlarimdan ularni noqulay ahvolda qoldirganim uchun uzr so‘rayman», — deb yozdi Kenedi.

Manba: championat.com
Kiritildi: 22:19, 24.07.2017.
O'qildi: 10071 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик