Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/10 00:45 Jenoa 2-0 Yuventus
29/10 00:45 Monsa 1-4 Napoli
29/10 12:45 Adelaida Yun. 0-2 Lion Siti Seylors
29/10 15:00 Tampines Rovers 1-5 Svay Rieng
29/10 15:00 Kangvon 1-0 Kuching Siti
29/10 17:15 Tay Po 0-3 Pathum Yunayted
29/10 17:15 Shanghai Shenhua 0-1 Matida Zelviya
29/10 17:15 Pnompen Kraun 2-0 Kitchi
29/10 22:30 Frozinone 5-1 Lechche
30/10 00:45 Fiorentina 2-2 Atalanta
31/10 01:00 Vilyarreal - Espanyol
31/10 17:30 Chelsi - Man. Yunayted
31/10 18:00 Levante - Atletiko
31/10 19:00 Bolonya - Monsa
31/10 20:00 Bornmut - Lids
31/10 20:00 Brentford - Nottingem Forest
31/10 20:00 Koventri Siti - Sanderlend
31/10 20:00 Xall Siti - Ipsvich
31/10 20:00 Manchester Siti - Brayton
31/10 20:15 Rayo Valyekano - Selta
31/10 22:00 Udineze - Roma
31/10 22:30 Betis - Malaga
31/10 22:30 Tottenhem - Kristal Pelas

Xitoy jamoalari qarzdorlik botqog‘iga botishdi. Ahmedov va Ismoilovning taqdiri nima bo‘ladi?

Xitoy jamoalari qarzdorlik botqog‘iga botishdi. Ahmedov va Ismoilovning taqdiri nima bo‘ladi?

Baho:
+ | -

Xitoy so‘nggi ikki yil davomida mamlakatda futbol sport turi yanada rivojlanishi uchun bir qator yangiliklarni amalga oshirdi. Jumladan, Xitoy Superligasi jamoalari futbolchilar xaridiga Yevropaning manaman degan klublaridan ham ko‘proq mablag‘ sarflashdi.
 
Biroq xitoylik sarmoyadorlar boshlagan ishning oxiri samarali yakunlanmasligi mumkin Chunki, olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Superliganing 13 klubi futbolchilarning maoshi va mukofot pullaridan katta qarzdorlikka kirib qolgan.
 
Ushbu jamoalar 15 avgustga qadar Xitoy futbol assosiasiyasiga qarzlardan to‘liq qutulganini isbotlovchi hujjatlarni topshirishlari kerak bo‘ladi. Agar qo‘yilgan talab berilgan muddat mobaynida bajarilmasa, qarzdor klublar kelasi mavsumdagi chempionat o‘yinlaridan chetlatiladi.
 
Achinarlisi, klublar orasida O‘zbekiston terma jamoasi sardori Odil Ahmedov to‘p suradigan “Shanghay SIPG” jamoasi ham bor. Undan tashqari Superliganing amaldagi chempioni “Guangjou Evergrand” jamoasi futbolchilarning mukofot pullarini o‘z vaqtida to‘lay olmagan.
 
Asosiysi, qarzi bor klublar ro‘yxatidan O‘zbekiston terma jamoasining yana bir futbolchisi Anzur Ismoilov to‘p suradigan “Changchun Yatay”, dunyoda eng ko‘p maosh ishlab topadigan futbolchi Esekiel Lavessi (“Xebey Chayna Forchun”), argentinalik mashhur futbolchi Karlos Teves (“Shanxay Shenxua”) va belgiyalik taniqli futbolchilardan biri Aksel Vitsel o‘ynayotgan (“Tyangjin Syuanjiang”) jamoalar nomi tilga olingan.
 
Shuningdek, Xitoyda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sharafini himoya qiladigan Yegor Krimes faoliyat olib boradi. Ammo Yegorning jamoasi (“Beyszin Goan”) qarzdorlar ro‘yxatiga kiritilmadi.
 
Ma’lumot o‘rnida, yuqorida keltirib o‘tilgan futbolchilar Xitoyda legioner maqomi ostida to‘p surishadi. Legionerlar shu kungacha doimo mahalliy futbolchilardan ko‘proq maosh olib kelishgan.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 09:48, 26.07.2017.
O'qildi: 12034 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик