Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

International Champions Cup. «Yuventus» so‘nggi daqiqalarda «PSJ»ni mag‘lub etdi

International Champions Cup. «Yuventus» so‘nggi daqiqalarda «PSJ»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

International Champions Cup musobaqasi doirasida «PSJ» va «Yuventus» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakuniga yetdi. Ancha qiziqarli kechgan bahsda turinliklar so‘nggi daqiqada g‘alabani ilib ketishdi.

Birinchi bo‘limda kichik ustunlik Unai Emeri shogirdlari tomonida bo‘lganiga qaramay, taym so‘ngida Gonsalo Iguain hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi bo‘limda Gonsalu Gedesh muvozanatni tikladi.

"Yuve" safida Klaudio Markizio g‘alabaga katta hissa qo‘shdi. Dastlab u 62-daqiqada o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqqandi, ammo o‘yin tugashiga 10 daqiqa qolganida Pastore hisobni tenglashtirdi. Bahs tugashiga 1 daqiqa qolganida Markizio penaltini aniq amalga oshirib, italiyaliklarga g‘alaba keltirdi.

International Champions Cup.
PSJ Fransiya – Yuventus Italiya 2:3 (0:1, 2:2)
27 iyul, 06.05, «Sun Life Stadium»
Gollar: 0:1 – 45 Iguain, 1:1 – 53 Gonsalu Gedesh, 1:2 – 62 Markizio, 2:2 – 80 Pastore, 2:3 – 89, penalti Markizio.
PSJ – Areolya (Deskam, 61), Tiago Silva (Markinyos, 46), Berchiche (Kurzava, 46), Menye (Dani Alves, 46), Kimpembe, Matyuidi (Nkunku, 46), Motta (Kallegari, 46), Lukas Moura (Gonsalu Gedesh, 46), Verratti (Lo Chelso, 46), Di Mariya (Pastore, 61), Kavani (Xese, 46).
Yuventus – Buffon (Pinsolyo, 65), Benatiya (De Shilyo, 46), Aleks Sandro (Mandragora, 46), Lixtshtayner (Asamoa, 46), Kyellini (Bardzali, 46), Kuadrado (Sturaro, 46), Xedira (Pyanich, 46), Bentankur (Rinkon, 46), Mandjukich (Kin, 46), Dibala (Kaligara, 46), Iguain (Markizio, 46).
Ogohlantirishlar: Bentankur (23), Verratti (29), Dani Alves (60).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 08:06, 27.07.2017.
O'qildi: 7327 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик