Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina 0-0 Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

International Champions Cup. «Man Siti» «Real» tor-mor etdi

International Champions Cup. «Man Siti» «Real» tor-mor etdi

Baho:
+ | -

International Champions Cup musobaqasi doirasida «Manchester Siti» va «Real Madrid» jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakungiga yetdi. Kutilmaganda, YECHLning amaldagi g‘olibi Gvardiola jamoasiga yirik hisobda imkoniyatni boy berdi.

Birinchi bo‘limda har ikkala jamoa asosiy tarkib bilan harakat qildi. Tengma-ket kechgan bahsning tanaffusiga qadar hisob ochilmadi.

Ikkinchi bo‘limda esa manchesterliklar to‘la ustunlikka erishishdi. Ayniqsa, "shaharliklar" standart vaziyatlardan samarali foydalanishdi. Dastlab burchakdan yetkazilgan uzatmaga Stounz bosh bilan zarba berdi. "Real" darvozaboni to‘pni ushlab qola olmadi va Otamendi bo‘sh darvozani osonlik bilan ishg‘ol qildi.

Oradan ko‘p o‘tmasdan Kevin de Bryuynening uzatmasidan keyin Sterling birga bir vaziyatga chiqib ketdi hamda Kasilyani dog‘da qoldirdi. Shundan keyin Zidan yoshlarga e’tibor qarata boshladi, Gvardiola ham boshqa futbolchilarga o‘ynash imkoniyatini berdi.

Shunga qaramay, to‘p nazorati "Siti" tomonida bo‘ldi va navbatdagi burchak to‘pidan so‘ng Stounz "Madrid" darvozasini ishg‘ol qildi. Bahs tugashiga 9 daqiqa qolganida "Manchester Siti" chiroyli kombinasiya tashkil qildi va Ibrohim Dias jarima maydonchasi tashqarisidan Messi uslubida gol urdi.

O‘yinning so‘nggi daqiqasida "Real" futbolchisi Oskar 35 metrlardan juda chiroyli zarba bilan jamoasini xunuk mag‘lubiyatdan biroz bo‘lsa-da saqlagandek bo‘ldi.

International Champions Cup
MANCHESTER SITI Angliya – REAL MADRID Ispaniya 4:1 (0:0, 4:1)
27 iyul, 08.35, «Los Angeles Memorial Coliseum»
Gollar: 1:0 – 52 Otamendi, 2:0 – 59 Sterling, 3:0 – 67 Stounz, 4:0 – 82 Braim Dias, 4:1 – 90 Oskar Rodriges.
Manchester Siti – Ederson (Grimshou, 80), Uoker (Dyueyni, 70), Kompani (Mangalya, 46), Stounz, Danilo (Sane, 80), de Bryuyne (Zinchenko, 69), Ture (Roberts, 80), Foden (Nasri, 46), Otamendi (Adarabioyo, 80), Gabriel Jezus (Braim Dias, 69), Aguero (Sterling, 46).
Real Madrid – Navas (Kasilya, 46), Varan (Valyexo, 62), Nacho (Asensio, 62), Marselo (Xakimi, 62), Karvaxal (Texero, 63), Kazemiro (Teo, 62), Modrich (Oskar Rodriges, 62), Isko (Sebalyos, 62), Kovachich (Vaskes, 62), Beyl (Markos Lyorente, 61), Benzema (Mayoral, 62).
Ogohlantirishlar: Ture (29), Nacho (33), Karvaxal (41), Nasri (88).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 10:27, 27.07.2017.
O'qildi: 14631 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик