«Sanderlend» klubining sobiq yarimhimoyachisi Adam Jonson qamoqda Islom dinini qabul qilishi mumkin.
Avvalroq, u voyaga yetmagan qizni yo‘ldan urganligi uchun 6 yilga qamalgan edi.
30 yoshli Adamsni bir guruh musulmon mahbuslar bunga ko‘ndirmoqchi bo‘lib turibdi. Agar u Islomni qabul qilsa, ular Jonsonni o‘z himoyasiga olishga va’da bermoqda.
Avvalroq, Jonson unga boshqa mahbuslar tomonidan o‘lim tahdidi bo‘layotgani sababli, boshqa qamoqxonaga o‘tkazishni so‘rab, sudga murojaat qilgan edi.