«Roma» klubi «Lester» yarim himoyachisi Riyod Mahrez uchun taklifni oshirdi.
Rimliklar Jazoir terma jamoasi futbolchisi uchun 35 million yevro va yana 3 mln yevro miqdorida bonus taklif qildi. «Lester» esa Mahrez uchun 40 million yevro so‘ramoqda. Tomonlar yaqin kunlarda kelishuvga erishishi kutilmoqda.