Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/01 00:45 Lasio 1-1 Komo
11/01 01:00 Rayo Valyekano 2-1 Selta
11/01 18:00 Alaves 0-1 Jirona
11/01 19:00 Empoli 1-3 Lechche
11/01 19:00 Udineze 0-0 Atalanta
11/01 20:15 Valyadolid 1-0 Betis
11/01 22:00 Torino 1-1 Yuventus
11/01 22:30 Espanyol 1-1 Leganes
12/01 00:45 Milan 1-1 Kalyari
12/01 01:00 Sevilya 1-1 Valensiya
12/01 16:30 Jenoa - Parma
12/01 18:00 Las-Palmas - Xetafe
12/01 19:00 Venetsiya - Inter
12/01 20:15 Atletiko - Osasuna
12/01 22:00 Bolonya - Roma
13/01 00:45 Napoli - Verona

Massimiliano Mirabelli: «Milan» misoli qurilish maydonchasi»

Massimiliano Mirabelli: «Milan» misoli qurilish maydonchasi»

Baho:
+ | -

«Milan» Silvio Berluskonidan xitoylik sarmoyadorlar qo‘liga o‘tganidan keyin katta o‘zgarishlar amalga oshirildi. So‘nggi paytlarda bir qator transferlarga qo‘l urildi.

Bunda jamoaning sport direktori va texnik menejeri Massimiliano Mirabellining hizmatlari katta.

E’tiborli tomoni, bundan oldin u klubning ashaddiy raqibi - «Inter»­da ishlagan, aynan xitoyliklar kelganidan so‘ng «Milan»ga ko‘chib o‘tgandi. Yaqinda ushbu mutaxassis Premium Sport nashriga intervyu berdi.

«Milan»ga qo‘shilishi haqida

- Bu tavakkal edi. Faqatgina voqeaning baxtli yakuni qarorim to‘g‘ri ekanini ko‘rsatdi. Jarayon oylarga cho‘zilib ketdi. Bu paytda ancha qiynaldim. Shuningdek, «Milan» muxlislariga ham oson bo‘lmadi. Garchi barcha masala hal etilmagan bo‘lsada, ishlashdan to‘xtamadik. Turli mamlakatlar, shaharlarga borib, futbolchilarni ko‘zdan kechirdik. Bizga shubha bilan qarashayotganini bilardik. Eng yomoni - «Milan» nomidan gaplasha olmasdik. Bu jarayon 9 oy davom etdi.

O‘zining roli haqida

- «Kozense» yoki «Milan»da sport direktori bo‘lib ishlash qiyinmi? Bu turli mas’uliyat. Lekin hech qachon ish uslubimni o‘zgartirish haqida o‘ylamaganman. Garchi jahonning eng sovrindor klublaridan birida faoliyat yuritayotgan bo‘lsangizda, o‘zligingizni saqlab qolishingiz lozim. Quyi divizionlarda ishlaganim menga juda qo‘l keldi, chunki barchasiga o‘z kuchim bilan erishdim. Hech kim menga biror lavozimni shunchaki sovg‘a qilmadi. Diletantlardan tortib, «V» seriyadagi g‘alabalarim bilan maqtana olaman. Bu o‘z kuchimga bo‘lgan ishonchni yanada orttiradi. O‘z sohamda o‘zimni haqiqiy professional his qila olaman. Albatta, kamchiliklar ham uchraydi, axir xatodan hech kim kafolatlanmagan.

Skauting haqida

- Uzoq o‘ylanishlarsiz klubni yangi davrga boshlay oladigan qator futbolchilarni xarid qilishga to‘g‘ri keldi. Har bir klub o‘z skautlariga ishonch bildirishi lozim. Lekin «Milan»da gap bir yoki ikki million yevrolik o‘yinchilar haqida ketmaydi. Shu bois ham har birini qisqa vaqt ichida yaxshilab o‘rganishimizga to‘g‘ri keldi. Skautlik hizmatiga bir qator mutaxassislarni taklif qilmoqchimiz. Bu yoshlar, bolalar jamoalariga ham bog‘liq. Biz kerakli o‘yinchini hammadan birinchi topishni istaymiz. O‘shanda ularni arzon narxlarda xarid qilish imkoniyatga ega bo‘lamiz.

«Milan»ning transfer bozoridagi holati haqida

- Barcha ishni ovoza qilmasdan, tinch­gina amalga oshirishimiz lozimligini bilardik. Bu borada maslahatlashdik va reja tuzdik. Keyinchalik rejamizni asta-sekin amalga oshira boshladik. Natijasini o‘zingiz ko‘rib turibsiz. Eng oson xarid? Andrea Konti. Chunki telefon orqali gaplashganimizdayoq, u qora-qizil futbolkani kiyib bo‘lganini aytdi. Eng yoqimli transfer? Leonardo Bonuchchi. Hammasi ajoyib kechdi. Bu xaridning qanday amalga oshganini o‘zimiz ham bilmay qoldik. Leo Serxio Ramos singari jahonning eng kuchli markaziy himoyachilaridan biridir, katta tajribaga ega. Uni «Yuventus»dan «tortib olish» oson bo‘lmadi.

Donnarumma bilan yangi shartnoma haqida

- Eng qiyin kelishuv? Donnarumma bilan shartnomani uzaytirish birinchi kundanoq biz uchun «bajarib bo‘lmas vazifa»ga aylangandi. Zero, shart­nomasi yakunlanayotgan futbolchini «meros» qilib olgandik. Oldingi rahbariyat bu vazifani amalga oshirmagandi. U bilan yangi shartnoma imzolashdagi imkoniyatlarimiz nolga teng edi. Lekin yakunda natijaga erishdik. Biz Jijining qolishini istadik. Uning oilasi ham faqat «Milan»­ni xohladi. Natijada bu istak ishimizni yengillashtirdi.

Lotito haqida

- Lotito bilan munosabatlarimiz yaxshi. U prezident vazifasini ajo-yib tarzda bajarmoqda. Agar biror-bir futbolchining narxini aytsa, o‘sha fikrini osonlikcha o‘zgartirmaydi. Maqsadimiz Bilyani qo‘lga kiritish edi, biz buni uddaladik.

Keyingi maqsadlar haqida

- Belotti? Afsuski, bizning qiziqishlarimiz «Torino»ning jahlini chiqarmoqda. Bir qator hujumchilarni ko‘zdan kechiryapmiz. Belotti ham ulardan biri. Bu borada turinliklarni ham ogohlantirganmiz. Matubotda turli nomlarni o‘qib qolyapmiz. Ammo ularning ayrimlari kimligini ham bilmayman. Biz hammasini xolisona olib boryapmiz. Avval klubga murojaat qilamiz, keyin esa futbolchining o‘zi bilan gaplashyapmiz. Morata? U avvaldanoq rejamizda bo‘lgan, dastlab rozilik ham bergandi. Keyin YECHL finalidan so‘ng qiyinchiliklar yuzaga keldi. Ya’ni boshqa klublar aralashdi. Natijada muzokaralar to‘xtab qoldi. Albatta, uning nomzodiga qaytishimiz mumkin, ammo o‘z shartlarimiz bilan. Sanshesh? Bu futbolchini «Benfika»da o‘ynab yurgan kezlaridanoq bilaman. «Bavariya»da kerakli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Albatta, uning nomzodini ham o‘rganib chiqamiz.

«Milan» haqida

- Hozirgi «Milan» - misoli qurilish maydonchasi. Yangi elementlarni topib, eskilari bilan birlashtirish lozim. Maqsadimiz - har bir o‘yinda g‘alaba qozonish. Lekin oldimizda uzoq yo‘l turibdi. O‘ylaymanki, 2-3 yildan so‘ng yana jahonning eng kuchli klublaridan biriga aylanamiz.

Manba: interfutbol.uz
Kiritildi: 12:12, 31.07.2017.
O'qildi: 3791 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.