«Arsenal» rahbariyati hamon «Monako» yarimhimoyachisi Toma Lemarning transferi ustida ishlamoqda.
Sky Sports xabariga ko‘ra, londonliklar bir necha marta monegasklar bilan bog‘lanib, futbolchi uchun 30-40 mln yevro taklif qilgan. Ammo "Monako" yetakchi futbolchisini sotishdan bosh tortgan.
Ayni paytda futbolchining o‘zi Arsen Venger jamoasida to‘p surishni istamoqda.
Muzokaralar davom etyapti.