"Shaxtyor" va "Zenit" klublarining sobiq ustozi Mircha Luchesku Turkiya terma jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi.
Turkiya futbol federasiyasi xabariga ko‘ra, 72 yoshli ruminiyalik mutaxassis bilan 2 yillik shartnoma imzolandi.
Uning zimmasiga terma jamoani JCH-2018 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi yuklatildi.