Kirish Ro'yxatdan o'tish
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon 0-1 Guliston
29/08 19:00 Neftchi 1-0 Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut 1-1 Everton
29/08 19:00 Koventri Siti 0-1 Xall Siti
29/08 20:00 Levante 5-2 Betis
29/08 21:30 Tottenhem 0-2 Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina 0-3 Frozinone
29/08 21:30 Monsa 2-3 Udineze
29/08 21:30 Sassuolo 2-1 Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad 2-1 Espanyol
29/08 23:45 Yuventus 2-0 Parma
30/08 00:30 Sevilya 1-3 Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 20:30 Man. Yunayted - Ipsvich
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa
31/08 00:30 Selta - Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche - Roma
31/08 22:30 Osasuna - Xetafe
31/08 23:45 Atalanta - Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa - Arsenal

Namanganliklarning maqsadi jiddiy: ular Messi va Ronaldularni kashf etmoqchi

Namanganliklarning maqsadi jiddiy: ular Messi va Ronaldularni kashf etmoqchi

Baho:
+ | -

Hozirgi zamonda futbolda yoshlarga e’tibor berish muhim omillardan biri sanaladi. Ya’ni bolalar va yoshlar futboliga zarur shart-sharoitlarni yaratib berish orqali milliy sportimiz kelajagini belgilash mumkin.
Jumladan, “Navbahor” futbol klubining yangi prezidenti Shavkat Abdurazzoqov dastlabki ishini yoshlarga e’tibor qaratishdan boshladi. Aynan shu maqsadda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan shahar kengashi negizida “Navbahor” yoshlar futbol akademiyasiga asos solindi.
Yoshlar jamoasini mashg‘ulotlar o‘tkazishi uchun birinchi navbatda Namangan tuman markazi Toshbuloqdagi “Markaziy” o‘yingoh futbolchilar ixtiyoriga berildi.
30 iyul kuni tumandagi “Markaziy” o‘yingohda “Navbahor” yoshlar futbol akademiyasining taqdimot marosimi o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zosi, Namangan viloyat hokimi, viloyat futbol federasiyasi prezidenti X.Bozorov, Namangan shahar hokimi, “Navbahor” futbol klubi prezidenti SH.Abdurazzoqov, Namangan tumani hokimi SH.Davronovlar rasmiy mehmon sifatida ishtirok etdilar.
Tadbir avvalida viloyat futbol federasiyasi prezidenti Xayrulla Bozorov so‘zga chiqdi: - “So‘nggi paytlarda yoshlarga davlat tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Futbolni yoshlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu kunni “Navbahor” yoshlar futbol akademiyasining tashkil etilgan sana deb tarixga muhrlab qo‘yamiz.
So‘nggi paytlarda o‘z davrida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan “Navbahor” jamoasining natijalari ko‘zga ko‘rinmay qoldi. Bu boradagi eng katta kamchilik yoshlarga yetarli darajada e’tibor berilmayotgani, deb o‘ylayman. Agarda oldinroq yoshlarga e’tiborni kuchaytirilganida “Navbahor” bugungi kunda zaiflashib qolmagan bo‘lardi.
Yoshlarga e’tiborni kuchaytirish orqali oldimizga qo‘yilgan vazifani uddalash mumkin. Har holda ikki milliondan ortiq Namangan aholi orasidan iqtidorlarni topish mushkul emas.
Bizdan ham o‘zbek Messisi va Ronaldusi yetishib chiqishi mumkin. Faqat iqtidorlarni murabbiylar va shu ishga ma’sul bo‘lgan mutasaddilar kashf eta olishsa bo‘lgani. Akademiyani tuzish orqali ko‘plab iqtidor egalarini tarbiyalash lozim”, - deya so‘zlarini yakunladi Xayrulla Bozorov.
Yangi tashkil etilgan yoshlar futbol akademiyasiga O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan “Isuzi” rusumidagi avtobus sovg‘a qilindi.
Ma’lumot o‘rnida, “Navbahor” klubi Oliy liganing 15  turidan 19 ochko jamlagan holda 12–o‘rinni egallab turibdi.

Manba: qalampir.uz
Kiritildi: 10:59, 03.08.2017.
O'qildi: 9327 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик