Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Ot sporti bo‘yicha terma jamoa maxsus markaz tomonidan tayyorlanadi

Ot sporti bo‘yicha terma jamoa maxsus markaz tomonidan tayyorlanadi

Baho:
+ | -

Vazirlar Mahkamasining 19.07.2017 yildagi 517-son «2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi, deb yozmoqda Norma.uz.

«Markaziy ippodrom» AJ ustav kapitalidagi davlat ulushi Yilqichilik va ot sporti federasiyasiga ishonchli boshqaruvga beriladi.

Shuningdek, «Markaziy ippodrom» AJ ustav kapitali ippodromni rekonstruksiya qilish chog‘ida qurilish-montaj va obodonlashtirish ishlari qiymatiga teng bo‘lgan summaga qo‘shimcha aksiyalarni emissiya qilish yo‘li bilan ko‘paytiriladi. Qo‘shimcha chiqarilgan aksiyalar «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, «Markaziy ippodrom» AJni rekonstruksiya qilish va jihozlash 2017–2019 yillar davrida Prezidentning 15.06.2017 yildagi PQ-3057-son qaroriga binoan amalga oshirilmoqda.

Hujjatda ishchi guruhni tuzish ko‘zda tutilgan bo‘lib, u:

•  «Markaziy ippodrom» AJdagi qurilish-montaj ishlari qoldiqlari hajmini aniqlashi;
•  Xalqaro va Osiyo ot sporti federasiyalari talablariga muvofiq tayyorlash uchun loyihalashtirish tashkilotlariga loyiha-smeta hujjatlarini kiritishi darkor.

Shuningdek,  Ot sporti bo‘yicha sport mahorat maktabi va «Markaziy ippodrom» AJ tarkibida Ot sporti bo‘yicha respublika termasi a’zolarini tayyorlash markazi tashkil etilmoqda.

Quyidagi oliy ta’lim muassasalari va kasb-hunar kollejlarida belgilangan qabul kvotalari doirasida Ot sporti yo‘nalishlari ochilmoqda:

•  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti;
•  Nukus Olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji;
•  Namangan Olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji;
•  Toyloq Olimpiya zaxiralari kasb-hunar kolleji.
 
Bundan tashqari, qaror bilan 2017-2021 yillarda yilqichilik va ot sportini kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlandi. Dasturda 24 ta tadbirni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.
 
Hujjat davlat tilida e’lon qilingan bo‘lib, 24.07.2017 yilda kuchga kirdi.

 
Manba: kun.uz
Kiritildi: 11:06, 03.08.2017.
O'qildi: 2862 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.