"Los-Anjeles Geleksi" klubining sobiq hujumchisi, Irlandiya futboli afsonasi Robbi Kin yangi mavsumni Hindistonda boshlaydi.
Futbolchi Kalkuttaning "Atletiko" klubi bilan shartnoma imzoladi. Endi u "MYU" klubining sobiq yulduzi Teddi Sheringem bosh murabbiyligida faoliyatini davom ettiradi.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli hujumchi faoliyati davomida Tottenhem, Liverpul, Seltik va Vest Hem klublarida ham o‘ynagan. Irlandiya terma jamoasi safida u 148 o‘yin o‘tkazib, 68ta gol urgan.